Roskomnadzor rahbari: «Smartfon – ustingizdan nazoratchi!»

  •   DiMaX
  •  967
  •  15.02.2017 16:10

Roskomnadzor rahbari: «Smartfon – ustingizdan nazoratchi!»

Zamonaviy gadjetlarning foydasi bilan birga zararli va xavfli jihatlari ham borligi xususida tez-tez turli ogohlantirishlar e’lon qilib turiladi.

Rossiya Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmati (Roskomnadzor) rahbari Aleksandr Jarov ham yurtdoshlarini yangi mobil ilovalarni o‘rnatishga mas’uliyat bilan yondashishga chorladi, deb yozadi The Village.

Jarovning «Argumenti i fakti»da e’lon qilingan quyidagi so‘zlarini The Village 14 fevralning asosiy iqtibosi sifatida e’tirof etgan:

Biz mutlaqo shaffof jamiyatda yashamoqdamiz. Smartfon – umuman do‘stona hamroh emas. Aksincha, u doimiy va e’tiborli nazoratchidir. Har gal siz u yoki bu dasturni o‘rnatganingizda, shu payti o‘zingiz tuzayotgan foydalanuvchi bitimini diqqat bilan o‘rganib chiqishingiz lozim.

Uning so‘zlariga ko‘ra, aksariyat hollarda ishlab chiquvchilar turli ma’lumotlarga ulanish uchun foydalanuvchilardan juda ko‘p ruxsat so‘raydilar. Misol tarzida u «Fonarik» ilovasini keltiradi: bu dastur nafaqat kamera chaqnog‘iga, balki foydalanuvchining joylashuv o‘rniga va telefon kontaktlar kitobchasiga ham ulanish uchun ruxsat so‘raydi. Taxminlarga ko‘ra, bu ma’lumotlarni ular keyinchalik brendlar o‘z mijozlarining xatti-harakatlarini prognoz qilishlari uchun «big data» bozorida sotishadi.

Ma’lumotlaringiz sizib chiqishining oldini olish uchun, Jarov «mutlaq shaxsiy bo‘lgan ma’lumotlarni qog‘ozga yozib yurish»ni tavsiya etadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, xakerlar ham shuni maslahat berishadi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!