Roskomnadzor: talabmi, iltimosmi?
Roskomnadzor Rossiya hududida telegramni bloklab qo‘yish niyatidan kechmaydigan ko‘rinadi, garchi hozircha hech qanday natija bermayotgan bo‘lsa-da. Endi mazkur muassasa Google va Apple bilan muzokara olib borayotgani haqda ma’lum qildi. Talab shuki, yoki messenjerni App Store va Google Play onlayn do‘konlaridan o‘chirib tashlashi, yoki Rossiyada unga kirishni cheklashi yoki ilova funksiyalarini cheklashi kerak.
O‘QING: Telegram uzoq kutilgan muhim funksiyaga ega bo‘ladi
To‘g‘ri, hozircha Google va Apple Roskomnadzorning talabiga ko‘ngani yo‘q, lekin bu borada muzokaralar olib borilmoqda.
– Biz xat yozishib turibmiz. Ular o‘zlarining pozitsiyasida turibdi, biz ham o‘z pozitsiyamizdan voz kechganimiz yo‘q... Bu huquqiy bahs va ishonamizki natija beradi, – deydi Roskomnadzor rahbari Aleksandr Jarov.
O‘QING: Telegram’ni kod-parol yordamida himoya qilishni bilasizmi?