Rossiya eshiklari Tsukerberg uchun yopildi

Rossiya eshiklari Tsukerberg uchun yopildi

Rossiyadagi Forbes nashrining o'z manbalariga asoslanib xabar berishicha, Telegram asoschisi Pavel Durov 2021-yilning fevral oyida Birlashgan Arab Amirliklari fuqaroligini olgan va bu milliarderning to'rtinchi davlat passporti hisoblanadi: Rossiya, Fransiya, Sent-Kits va Nevis, BAA.

2017-yildan beri Arab qirolligida yashab kelayotgan Durov sayohat va biznes safarlari uchun Fransiya va BAA pasportlaridan foydalanadi. Sent-Kits va Nevis hujjati esa Durovning Rossiyadan chiqib ketganidan keyingi ilk yillarga to'g'ri keladi.

"Pavel Rossiyaga bormaydi va sakkiz yildan beri bu mamlakatda hech qanday aktivga ega emas. Telegram’ning Rossiyada ofislari ham, xodimlari ham yo‘q. Rossiyalik foydalanuvchilar soni esa 8 foizdan oshmaydi”, — deydi Telegram'ga yaqin manba. Uning qo‘shimcha qilishicha, Durovning Rossiya pasporti muddati allaqachon tugagan.

Durov to'rt xil fuqaroligi bilan ko'plab mamlakatlarga borish imkoni mavjud bo'lgan bir vaqtda, Rossiya hukumati Facebook asoschisi Mark Tsukerbergning Rossiya Federatsiyasiga kirishi taqiqlangan odamlar ro'yxatiga qo'shdi. Rossiyaning AQSh sanksiyalariga javob sifatida shakllantirilgan bu "to'xtash ro'yxati"da Amerikaning 29 ta taniqli mansabdor shaxslari, biznesmenlari, ekspertlari va jurnalistlari ismlari keltirilgan bo'lib, unda Meta kompaniyasi rahbari 13-o'rinni egallagan. Qora ro'yxatda IT kompaniya rahbarlaridan nafaqat Tsukerberg, balki, LinkedIn ijtimoiy tarmog'i bosh direktori - Ryan Roslansky ham 23-o'ringa qo'yilgan.

O‘QING: Steam platformasi Rossiyada bloklanadimi?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!