Rossiya fazogirlari nega Ilon Mask kosmik kemalarida uchmaydi? «Roskosmos» izoh berdi

  •   DiMaX
  •  856
  •  26.04.2021 11:35

Rossiya fazogirlari nega Ilon Mask kosmik kemalarida uchmaydi? «Roskosmos» izoh berdi

SpaceX kompaniyasi Xalqaro kosmik stansiyasiga Crew Dragon’ning birinchi parvozi ishtirokchilarining ismlarini ma’lum qilgan. Uning asoschisi Ilon Mask avvalroq fazoviy tadqiqotlar yo‘nalishida Rossiya bilan hamkorlikka tayyor ekanligini aytgan edi.

O‘QING: Sakkiz yil kutilgan parvoz: tarixda ilk bor xususiy kompaniya fazogirlarni XKSga uchirdi! (+video)

Rossiya ham o‘z fazogirlarini Crew Dragon kemasi yordamida XKSga uchirish borasida muzokaralar olib borayotganini «Gazeta.ru» nashri kuni kecha Twitter tarmog‘ida yozgan edi. Lekin buni «Roskosmos» rahbari Dmitriy Rogozin inkor qildi.

«Yo‘q, muzokara o‘tkazmayapmiz. Nega endi? Bizning o‘z kemalarimiz bor», degan Rogozin.

Shuningdek, «Roskosmos» matbuot kotibi «Govorit.Moskva» radiostansiyasiga bergan intervyusida ma’lum qilishicha, davlat kompaniyasi bunday parvozlar haqida NASA bilan muzokaralar olib bormoqda. Biroq bu muzokaralarning grafigi yoki yakunlanish vaqti hozircha aniq emas.

O‘QING: «Tesla texnoqiroli» – Ilon Mask endi o‘zini «Mars Imperatori» deb e’lon qildi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!