Rossiya FIFA'dan ham chiqarib yuborildi

Rossiya FIFA'dan ham chiqarib yuborildi

Electronic Arts video-o‘yinlar ishlab chiqaruvchi kompaniyasi Rossiya terma jamoalari va mamlakatning professional klublarini o‘zining eng yirik sport o‘yinlari: NHL 22, FIFA 22, FIFA Online va FIFA Mobile'dan olib tashlash jarayonida ekanligini e’lon qildi deya xabar bermoqda The Verge nashri. 

Jamoalar qachon o‘yindan chetlatilishi aniq emas, ammo EA ularni olib tashlash jarayonlari boshlaganini aytadi. Kompaniyaning ta’kidlashicha, qaror FIFA va UEFA'dagi hamkorlar, shuningdek, IIHF bilan kelishilgan holda qabul qilingan. Rossiya jamoalaridan tashqari, NHL 22'da Belarus klublari ham olib tashlanadi. 

"EA Sports Ukraina xalqi bilan birdamlikda va futbol olamidagi boshqalar singari tinchlikka va Ukrainaga bosqinni to‘xtatishga chaqiradi", deyiladi kompaniya bayonotida. 

O‘QING: Rossiyaliklar endi "tishlangan olma" sotib olisholmaydi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!