Rossiya Google Play Store bilan xayrlashishga tayyor

Rossiya Google Play Store bilan xayrlashishga tayyor

Ukrainaga bostirib kirganidan keyin Rossiyani juda ko‘plab yirik kompaniyalar tark etishmoqda. Shulardan biri Google bo‘lib, u rossiyaliklarga o‘zining bir nechta xizmatlaridan foydalanishni, xususan, Google Play ilovalar do‘konida dasturlarni sotib olishni va ularga to‘lov qilishni to‘xtatib qo‘ydi. Rossiyaning TASS nashri xabar berishicha, mamlakatda Play Store analogi - NashStore nomli Android ilovalar do‘koni "Digital Platforms" tomonidan ishga tushiriladi.

"Afsuski, rossiyaliklar ilovalarni sotib olish va to‘lash uchun Google Play'dan odatdagidek foydalana olmaydi, ishlab chiquvchilar esa daromad manbalarini yo‘qotdilar. Bu allaqachon biz bugun duch kelgan haqiqatdir. Shuning uchun biz Rossiyaning NashStore ilovalar do‘konini yaratdik”, deydi loyiha direktori Vladimir Zikov.

Zikovning qo‘shimcha qilishicha NashStore foydalanuvchilarga ilovalarni yuklab olish, o‘rnatish, yangilash va obuna uchun haq to‘lash imkonini beradi va u Rossiya, YeOII mamlakatlarida hech qanday taqiqlarsiz ishlaydi.

Hozirda 700 dan ortiq kompaniyalar ilovalar do‘koni yaratilishi ustida ishlamoqdalar va u 9-may kuni chiqarilishi rejalashtirilgan.

O‘QING: Ilon Mask o‘z ijtimoiy tarmog‘ini yaratadi(mi?)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.