Rossiya josus dronlarga qarshi Qora dengizda robotlarni ishga tushiradi

  •   DiMaX
  •  732
  •  25.07.2020 17:37

Rossiya josus dronlarga qarshi Qora dengizda robotlarni ishga tushiradi

Rossiya Federatsiyasi Mudofa vazirligi suv osti monitoring tizimini yo‘lga qo‘yuvchi eksperiment haqida so‘zlab berdi. Tajriba doirasida Qora dengiz akvatoriyasida suvosti robotlar sinab ko‘riladi.

O‘QING: VIDEO: Rossiya o‘z harbiy robotlarini Suriyada ishlatib ko‘rsatdi

Tadqiqotlar davomida harbiylar va robototexnika mutaxassislari har xil robototexnik majmualar va gidroakustik vositalarni qo‘llab ko‘radilar. Ular asosan kichik o‘lchamli gidroakustik moslamaga umid bog‘lashgan – uni tezda kerakli joyga joylashtirish va ishga tushirish mumkin.

TASS yozishicha, Rossiya suvosti robotlari texnik jihatlariga ko‘ra xorijnikilardan aslo qolishmaydi. Tajribalar ularning kichik hajmli josus dronlarni ham tanib olishini ko‘rsatgan.

Umuman, yangi robotlashtirilgan tizim Rossiyaning harbiy va iqtisodiy muhim ob’yektlarini dengizdan bo‘ladigan hujumlardan himoya samaradorligini oshirishga qartilgan. Qurilmalarni har qanday kemadan suvga tushirib ishlatish mumkin.

O‘QING: Putinga harbiy robotlarning «otjimaniye» qilishi va boshida turishini ko‘rsatishdi (+«jonli» video)

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.