Rossiya plansheti kelgusi yil oxirida chiqadi

Rossiya plansheti kelgusi yil oxirida chiqadi

“Rostex” korporatsiyasi direktori Sergey Chemezov Rossiyada ilg‘or texnologiyalarni taraqqiy toptirish bo‘yicha rejalari bilan o‘rtoqlashdi. U kelgusi yili YotaPhone 3 chiqishini tasdiqladi, shuningdek birinchi rus plansheti va elektron darsliklar chiqarish rejasi borligini bayon qildi.

Planshet va darslik kelgusi yil oxiridan paydo bo‘lishi kerak, chunki ularning ustida ishlash jarayoni nihoyasiga yetdi. Elektron darslikning dasturiy ta’minoti tayyor. Chemezov elektron darslik YotaPhonega o‘xshab ketishini aytdi. “Biz hozir dizayni bilan shug‘ullanyapmiz. Elektron darslik rasmlar va grafika uchun – rangli, matn uchun oq-qora bo‘ladi”, – dedi u. Ta’lim vazirligi bu loyihadan xabardor, “Rostex” ular bilan hamkor.

Bu ruslarning planshet yaratishga birinchi urinishi emas. 2012 yilda Rossiya vitse-premeriga “RoMOS” qurilmasi – rus milliy mahsuloti taqdim etilgan edi. Qurilmaning operatsion tizimi nomi ham “RoMOS”.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.