Rossiya va Xitoyni Trampning shaxsiy iPhone’ni eshitishda ayblashmoqda

  •   Saroy
  •  417
  •  25.10.2018 16:38

Rossiya va Xitoyni Trampning shaxsiy iPhone’ni eshitishda ayblashmoqda

New York Times nashrining ma’lum qilishicha, proyezident Donald Trampni maslahatchilari uning shaxsiy ayfonidagi suhbatlari  ruslar tomonidan eshitilayotgani haqida ogohlantirdi.  Ba’zan xitoylik josuslarning “uzun quloqlari” ham Oq uy rahbarining suhbatlariga ding bo‘lmoqda, deyiladi xabarda. Times bu xabarni hozirgi  va sobiq mansabdorlarning so‘zlariga tayanib tarqatgan.

Tramp odatta himoyalangan simli liniyadan ko‘ra, shaxsiy ayfonidan foydalanishni ma’qul ko‘radi. Bu esa Oq uy ma’murlarining prezident maxfiy ma’lumotlarni shaxsiy qurilmasida muhokama qilyapti, deb havotirga tushishiga sabab bo‘layotir. Trampda jami ikkita iPhone bor. Biri Twitter ilovasi va boshqa bir nechta yangiliklar ilovasi o‘rnatilgani. Ushbu apparat internetga faqat Wi-Fi orqali ulanadi.

O‘QING: Smartfon – qo‘yningizdagi josus bo‘lmasin

Ikkinchi smartfon esa faqat qo‘ng‘iroq qabul qiladi va qo‘ng‘iroq qila oladi. Ma’muriyat esa Tramp smartfonini har oyda almashtirishini istaydi. Biroq «Tvitterli»  iPhone  mana yarim yildirki, tekshirilgani yo‘q. Nashrning yozishicha, eshitish apparatlari orqali xitoyliklar prezident atrofidagilarning qaysi biri eng muhim shaxs ekanini bilishga urinishmoqda. Keyinchalik ular ushbu shaxsga ta’sir o‘tkaza boshlaydi.

Xabarda aytilishicha, Tramp aksariyat hollarda Fox News rahbarlariga qo‘ng‘iroq qiladi, shuningdek, g‘oyadoshlari bilan ham o‘zini qiynagan muammolar haqida tez-tez suhbatlashib turadi. AQSh prezidenti Apple’ning aynan qaysi modelidan foydalanishini nashr oshkor etmagan.

O‘QING: Smartfon sanoatida hayratomuz devays kutilmoqda

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!