Android "qotili"? - Rossiyada smartfonlarga Astra Linux dasturiy tizimi o‘rnatiladi!

Android

Shu yilning sentyabr oyida Rossiyada maxsus ishlab chiqilgan Astra Linux dasturiy tizimida yaratilgan smartfon va planshetlar sotuvga qo‘yilishi aytilmoqda. Bu xorijiy texnogigantlar tomonidan yaratilgan dasturiy tizimlardan voz kechishdagi ilk qadam bo‘lishi mumkin!

Astra Linux dasturiy tizimi Mudofaa vazirligi, FXX va TENFX tomonidan sertifikatlangan. Ma’lumotlarga qaraganda, ushbu DT ostida og‘ir tabiiy va jismoniy sharoitlarga chidamli smartfon va planshetlar ishlab chiqariladi. Smartfon ekrani kattaligi 5,5 dyumni, planshet ekrani o‘lchami esa 8-10 dyumni tashkil qiladi. Aytilishicha, qurilmalar 4 GB tezkor va 64 GB doimiy xotiraga ega bo‘ladi. Gadjetlar -20°S dan +60°S bo‘lgan haroratda 10-12 soat, –30°S sovuqda esa 4-5 soat ishlay olishi taxmin qilingan.

Ishlab chiqaruvchining aytishicha, yangi qurilmalar keng diapazonda narxlanadi. Ularning o‘rtacha narxi “yaxshi Android telefonlari” darajasida bo‘ladi. Kompaniya o‘n mingga yaqin qurilma sotishni rejalashtirgan. Buyurtmachilar esa davlat idoralari, xavfsizlik xizmati va tashkilotlari bo‘lishi mumkin.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!