Rossiyada chet el ijtimoiy tarmoqlari bloklanganidan beri Telegram "bir qop semirdi"

Rossiyada chet el ijtimoiy tarmoqlari bloklanganidan beri Telegram

Brand Analytics Rossiyadagi ijtimoiy tarmoqlar kontenti 2022-yil fevralidan to sentyabrigacha bo'lgan vaqt ichida qanday o'zgargani ko'rsatib beruvchi statistik ma'lumotlar bilan ulashdi. Unga ko'ra mamlakat hududida boshqa ijtimoiy tarmoqlarining bloklanishi katta raqamli migratsiyaga sabab bo'lgan.

Foto: Brand Analytics

Ma'lum bo'lishicha, Rossiyaning "maxsus operatsiya"si boshlanganidan to hozirgi oygacha Telegram messenjeridagi kunlik aktiv mualliflar/kontent yaratuvchilar soni 58 foiz, yoxud 1.1 millionga, kontent esa 24 foizga oshgan va bu mamlakatdagi boshqa ijtimoiy tarmoqlar ichidagi rekord natija bo'lgan. Shuningdek, VK va OK ijtimoiy tarmoqlarida ham sezilarli darajada o'sish qayd etilgan.

Sanksiyalar sabab o'z faoliyatlarini to'xtatgan yoki davlat tomonidan bloklangan chet el ijtimoiy tarmoqlarining barchasida esa keskin qulashlarni ko'rish mumkin. Shunga qaramay, YouTube rossiyaliklar uchun hamon asosiy video striming platformasi bo'lib qolgan. TikTok'da yashash alomatlari ko'rinmayapti.

O'QING: Xakerlar WhatsApp foydalanuvchilarining telefonlariga to‘liq kirish imkoniga ega bo‘lishlari mumkin - Durov

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.