Rossiyada eng ommabop 10 smartfon va uchta brend («Yandeks.Market» talqini, 2020 yil)

  •   DiMaX
  •  1697
  •  29.12.2020 09:41

Rossiyada eng ommabop 10 smartfon va uchta brend («Yandeks.Market» talqini, 2020 yil)

Yaqinda biz «M.Video-Eldorado» kompaniyasi taqdim etgan, Rossiyada 2020 yili eng ommalashgan smartfonsozlar va modellar reytingini chiqargan edik. Endi esa «Yandeks.Market» ham internet foydalanuvchilari eng ko‘p qiziqqan modellar top-o‘ntaligini taqdim etdi.

O‘QING: Roskachestvo reytingi: eng zo‘r smartfon – bulturgi flagman, eng qimmati esa atigi 4-o‘rinda!

Reytingni tuzishda 2020 yilning 1 yanvaridan to 24 dekabrigacha «Yandeks.Market»dan internet-do‘konlarga o‘tishlar hisob-kitobiga tayanilgan. Unga ko‘ra, 2020 yil mobaynida Rossiyada quyidagi smartfonlar eng ommabop bo‘lgan:

  1. Samsung Galaxy A51 (64 GB)
  2. Apple iPhone 11 (64 GB)
  3. Apple iPhone 11 (128 GB)
  4. Xiaomi Redmi Note 8 Pro (6/64 GB)
  5. Xiaomi Redmi Note 8T (4/64 GB)
  6. Xiaomi Redmi Note 8 Pro (6/128 GB)
  7. Apple iPhone XR (64 GB)
  8. Xiaomi Redmi Note 9 Pro (6/128 GB)
  9. Samsung Galaxy A71 (6/128 GB)
  10. Samsung Galaxy A10

O‘QING: TOP-10: Eng xaridorgir 5G-smartfonlar reytingida kutilmagan lider!

Muayyan modellar reytingidan tashqari, «Yandeks.Market» umuman smartfon brendlari ommaboplik ko‘rsatkichlarini ham e’lon qilgan. 2020 yilda eng ommabop smartfonsoz Xiaomi ekan – foydalanuvchilarning 27 foizi shu brend smartfonlariga qiziqqan. Ikkinchi o‘rinni 22 foizlik ko‘rsatkich bilan Samsung band etgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Apple yakunlab bergan – yuzerlarning 20 foizi ayfonlar takliflariga qiziqishgan.

«Yandeks.Market» yana rossiyaliklarning smartfon tanlashda qanday mezonlarga tayanishlarini, gadjetlarning aynan qaysi xususiyatlariga ko‘proq qiziqishganini ham tadqiq etgan. Izlanishlar natijalariga nazar solsak, foydalanuvchilarning 77 foizi kontaktsiz to‘lov funksiyasiga ega smartfonlarga qiziqishgan. Qurilmaning ikkita SIM-kartani qo‘llashi 94 foiz kishilar uchun muhim xususiyat bo‘lib chiqqan.

Akkumulyator sig‘imi nuqtai nazaridan eng ommabopi 3500—4499 mA/soatlik batareyali smartfonlar bo‘lib, «Yandeks.Market» orqali internet-do‘konlarga o‘tganlarning 33 foizi aynan shu toifaga to‘g‘ri kelgan. Xotira masalasiga kelganda, eng ommabop konfiguratsiya – 4 gigabaytlik operativka (o‘tishlarning 25 foizi) hamda 128 GBlik doimiy xotira (40% qiziqish) bo‘lgan.

O‘QING: TOP-15: Rekord darajada tez quvvatlanuvchi smartfonlar

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!