Rossiyada eng ommabop planshetlar va noutbuklar («Yandeks.Market» reytingi, 2021 yil boshi)

  •   DiMaX
  •  1432
  •  22.04.2021 10:48

Rossiyada eng ommabop planshetlar va noutbuklar («Yandeks.Market» reytingi, 2021 yil boshi)

«Yandeks.Market» avvalroq Rossiyada eng ommabop 10 rusumdagi smartfon va uchta smartfonsoz brendni e’lon qilgan edi. Kompaniya endi bu yilning boshida rossiyaliklar ko‘proq qaysi planshetlarga va noutbuklarga qiziqishganini ma’lum qildi.

O‘QING: Yandeks.Market o‘n yildagi eng ommabop smartfonlarni e’lon qildi

Hisobotga ko‘ra, rossiyaliklarning Apple mahsulotlariga qiziqishlari ortib bormoqda. 2021 yilning boshida «Yandeks.Market» do‘konida eng ko‘p so‘ralgan planshetlar beshtaligi quyidagicha:

  1. Apple iPad (2020);
  2. Apple iPad Air 2020;
  3. Samsung Galaxy Tab A;
  4. Samsung Galaxy Tab A7;
  5. Samsung Galaxy Tab S6 Lite.

Aytish kerakki, Yangi yil bayrami arafasida planshetlarning savdosi avjiga chiqqan, bayramdan so‘ng pasayish sezilgan. Shunga qaramasdan, 2020 yilning yanvariga nisbatan bu yil boshida planshetlar savdosidan o‘rtacha chek qiymati salkam 25 foizga (21 ming rubldan 26 ming rublgacha) ko‘tarilgan.

O‘QING: AnTuTu’ning yangi reytingi: eng qimmat iPhone 12 Pro Max atigi 6-o‘rinda! (2021 yil mart)

Noutbuklar masalasiga kelsak, bu yerda kupertinoliklar mahsulotlari naq uchta dastlabki o‘rinni egallagan. 2021 yilning avvalida rossiyaliklar eng ko‘p quyidagi laptoplarga qiziqishgan:

  1. Apple MacBook Air 13 Late 2020
  2. Apple MacBook Pro 13 Late 2020
  3. Apple MacBook Air 13 Mid 2017
  4. Lenovo Ideapad L340-15API
  5. Lenovo IdeaPad Gaming 3 15ARH05

«Yandeks.Market» ta’kidlashicha, Yangi yil bayrami arafasida va undan so‘ng noutbuklar savdosida keskin o‘sish kuzatilmagan. Biroq mazkur gadjetlar savdosida o‘rtacha chek qiymati 2020 yilning yanvariga nisbatan 56,9 rubldan 74,6 rublgacha o‘sib yetgan (ya’ni – 31 foizga oshgan).

Darvoqe, kupertinoliklar devayslaridan tashqari, eng ommabop planshetlar beshtaligiga faqat Samsung, noutbuklar ro‘yxatiga esa faqat Lenovo mahsulotlari kirgan.

O‘QING: 2020 yilda eng yirik noutbuksozlar qancha sotishdi?