Rossiyada eng ommabop smartfon brendi – Samsung yoki Xiaomi emas!

  •   DiMaX
  •  4088
  •  30.11.2020 12:38

Rossiyada eng ommabop smartfon brendi – Samsung yoki Xiaomi emas!

Kuni kecha biz Kanadadagi o‘nta smartfondan oltitasi bitta kompaniyaning mahsuloti ekanligi haqida yozgan edik. O‘sha ma’lumotlarni taqdim etgan Counterpoint Research shu davrda Rossiya smartfon bozoridagi holat haqida ham hisobot e’lon qildi.

O‘QING: Smartfon bozoridagi daromadning 93 foizini ikkitagina kompaniya bo‘lishib oldi! (2020 yil 3-chorak)

Uchinchi kvartalda rossiyaliklar Huawei smartfonlarini eng ko‘p xarid qilishgan: onlayn do‘konlar orqali sotilgan telefonlarning 27,8% qismi xitoylik texnogigantga tegishli.

Ko‘rib turganingizdek, keyingi to‘rtta o‘rinni Xiaomi, Samsung, Apple hamda Realme brendlari band etgan.

Shunga qaramasdan, smartfonlar sotishdan ko‘rgan daromadi bo‘yicha baribir Samsung yetakchi bo‘lib qolmoqda. Mazkur yo‘nalishda ikkinchi o‘rin kupertinolikka tegishli, Huawei ham kuchli uchtalikka kirgan.

O‘QING: Xiaomi ilk bor Apple’ni quvib o‘tib, 3-raqamli smartfonsozga aylandi!

Tadqiqotlar orqali aniqlanishicha, 2020 yilning uchinchi choragida Rossiya smartfon bozorida 5 foizlik o‘sish kuzatilgan. Shu o‘rinda internet-do‘konlar orqali sotuvlar naq ikki baravarga oshganini ta’kidlash o‘rinli. Bunda pandemiyadan tashqari, onlayn riteylerlarning turli aksiyalari hissasi ham katta.

Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, Rossiyada smartfonlarning o‘rtacha narxi 5 foizga pasayib, 224 dollarni tashkil etgan.

Bevosita modellar kesimida qaraydigan bo‘lsak, 2020 yilning uchinchi choragida davrda rossiyaliklar onlayn platformalar orqali eng ko‘p Galaxy A51, Galaxy A31 va iPhone 11 modellarini olishgan. Oflayn do‘konlarda esa Galaxy A51, Redmi Note 8T hamda Galaxy A31 smartfonlari sotilgan.

O‘QING: Smartfon bozoridagi tengsiz lider ikkinchi o‘rin egasidan uch yarim marta o‘zib ketdi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!