Rossiyada eng serdaromad TikTok’chilar reytingida birinchi o‘rinni o‘zbek zabt etdi!

  •   DiMaX
  •  10554
  •  13.10.2020 08:44

Rossiyada eng serdaromad TikTok’chilar reytingida birinchi o‘rinni o‘zbek zabt etdi!

Forbes rus tilida so‘zlashadigan mashhur foydalanuvchilarning 50 ta profilini va daromadlarini tahlil qilib, birinchi marta TikTok’da pul ishlayotgan blogerlarning reytingini tuzdi. Reyting yetakchisiga 22 yoshli Rahim Abramov aylandi, deb yozadi UZZOOM.

O‘QING: Forbes ilk bor eng serdaromad TikTok yulduzlarini e’lon qildi

Bugungi kunda Abramovning TikTok’da deyarli 10 million obunachisi bor va u 2019 yil 1 iyuldan 2020 yil 30 iyungacha 10,47 million rubl ishlab topgan. Uning Fendi qo‘shig‘i uchun 3 milliondan ortiq videolar yozilgan bo‘lib, bu ijtimoiy tarmoqning rus segmentidagi mutloq rekorddir.

Xabarda aytilishicha, Abramov musiqa bilan pul ishlashni boshlagan birinchilardan biri. Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, u o‘zining debyut trekida taxminan 1 million rubl ishlab topgan. Moskvada tug‘ilgan Rahim Abramov, ma’lumotlarga ko‘ra, o‘zbek millatiga mansub.

Reytingdagi blogerlarning o‘rtacha yoshi 20 yosh. Daromadning asosiy turlari reklama, musiqiy treklarni targ‘ib qilish va jonli translyasiyalarni o‘tkazishdir. Bir necha oy oldin TikTok’da pul ishlashning yangi usuli paydo bo‘ldi – dastur san’atkorlarga musiqadan foydalanish uchun pul to‘lay boshladi.

O‘QING: 2019 yilda eng ko‘p pul topgan YouTube-blogerlar: kuchli uchlikda ikkita bolakay!

To‘liq reyting quyidagicha:

  1. Rahim Abramov – 9,5 million obunachisi bilan, daromadi – 10,47 million rubl
  2. Dina Sayeva – 16,4 million obunachisi bilan, daromadi – 4,93 million rubl
  3. Aleksey Savko – 6,5 million obunachisi bilan, daromadi – 4,81 million rubl
  4. Yuliya Gavrilina (Yulka Shpulka) – 7,2 million obunachisi bilan, daromadi – 3,32 million rubl
  5. Valentina Karnauxova (Karnaval) – 9,1 million obunachisi bilan, daromadi – 3,21 million rubl
  6. Danya Miloxin – 8,6 million obunachisi bilan, daromadi – 2,87 million rubl
  7. Kirill va Artem Verzakov – 6,9 million obunachisi bilan, daromadi – 2,56 million rubl
  8. Anna Kalashnik (Xaxadeka) – 4,7 million obunachisi bilan, daromadi – 2 million rubl
  9. Anya Pokrovskaya (Pokrov) – 7,1 million obunachisi bilan, daromadi – 1,92 million rubl
  10. Diana Dmitriyeva (Aster) – 6,5 million obunachisi bilan, daromadi – 1,44 million rubl

Forbes TikTok’chilarga reklama beruvchilar va musiqiy yorliqlardan 2019 yil 1 iyuldan 2020 yil 30 iyungacha bo‘lgan umumiy to‘lovlarni hisoblab chiqdi. Ro‘yxatda ijtimoiy tarmoqdan tashqarida taniqli bo‘lgan blogerlar, musiqachilar va boshqa taniqli shaxslar yo‘q edi, masalan, xonanda Klava Koka yoki YouTube'chi Mariana Ro.

O‘QING: Mazkur tarmoqda bitta reklama 25 dona iPhone 11 Pro narxiga teng, lekin bu hali holvasi!