Rossiyada eng zo‘r smartfonlar ma’lum bo‘ldi

  •   Saroy
  •  2147
  •  30.10.2018 16:03

Rossiyada eng zo‘r smartfonlar ma’lum bo‘ldi

Yangi reytingda Samsung kompaniyasi o‘zini ko‘rsatdi, shuningdek “zo‘rlar o‘ntaligida”  iPhone X va iPhone 8 lar ham joy olgan. «Roskachestvo» uch yuzga yaqin smartfonni 229 xil tavsif bo‘yicha testdan o‘tkazdi. Jumladan, suratga olish sifati, tutish qulayligi, xavfsizligi, multimedia-imkoniyatlari va boshqalar.

Natijada Rossiyadagi smartfonlar orasida eng zo‘r ko‘rsatkichlar Samsung’ga tegishli bo‘ldi, shuningdek top o‘ntalikda iPhone’ning uchta modeli hamda bitta Huawei joy olgan. Birinchi o‘rinni Samsung Galaxy Note9 egalladi. 

O‘QING:Eng ishonchli kompyutersozlar reytingi e’lon qilindi

Apple’ning faol flagmanlari bo‘lmish iPhone XS Max va iPhone XS smartfonlari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egallashdi. 4 o‘rindan to 7 o‘ringacha Samsung’ning bir qator eks-flagmanlari Galaxy S9, S9+, S8 va S8+ joy olishgan. iPhone 8 Plus sakkizinchi o‘rin bilan kifoyalandi, shunda ham katta ekrani borligi uchun. Huawei’dan yagona qurilma bo‘lgan  P20 Pro 9 chi qatordan joy oldi. Samsung Galaxy Note8 reytingning oxirgi qatori bilan qanoatlanadigan bo‘ldi. “Sakkizlikning” chiqarilgani bir yildan oshdi, ammo u o‘rnini hamon munosib himoya qilmoqda. Ammo iPhone 8 va iPhone X smartfonlari uchun kuchli o‘ntalikda joy topilmadi.

Ekspertlarning ta’kidlashicha, Samsung qurilmalari o‘zining yuqori sifatli ovozi, uzoq muddat ishlashi, sifatli aloqasi bilan barcha brendlardan ajralib turgan. Apple flagmanlari rasmga va videoga olishda boshqa smartfonlarga qaraganda biroz ustunligini ko‘rsatgan. Shu bilan birga, iPhone XS Max va iPhone XS mustahkamligi bo‘yicha testdan o‘ta olmagan,  Samsung gadjetlari esa ushbu sinovdan munosib ravishda o‘ta oldi.

O‘QING: Jahonning eng serdaromad smartfonlari reytingi