Rossiyada Facebook qisman bloklandi

Rossiyada Facebook qisman bloklandi

24-fevral kuni Facebook ijtimoiy tarmog‘ida Rossiyaning 4 ta ommaviy axborot vositalari: Zvezda, RIA Novosti, Lenta.ru va Gazeta.ru rasmiy akkauntlari ishonchsiz xabalar tarqatilganligi sabab blokirovka qilingan. 

Rossiyaning texnologiya va aloqa regulyatori, Roskomnadzor, joriy etilgan cheklovlar axborotning erkin oqimi va rossiyalik foydalanuvchilarning unga to‘siqsiz kirishining asosiy tamoyillarini buzishi aytgan va Meta ma’muriyatiga sanksiyalar sababini tushuntirish va blokirovkani olib tashlash talabi bilan xat yuborgan, biroq Meta ushbu so‘rovga darhol javob qaytarmagan. Natijada esa Roskomnadzor Facebook'ni 25-fevraldan boshlab, trafikni sekinlashtirish shaklida platformaga kirishni qisman cheklagan. 

Roskomnadzorning Facebook'ni blokirovka qilishi va undan avvalgi bayonotiga javoban Meta kompaniyasining global masalalar bo‘yicha prezidenti Nik Klegg so‘rovlarni bajarishdan bosh tortganini tasdiqladi: 

"Kecha Rossiya rasmiylari bizga davlatga qarashli to‘rtta media tashkiloti tomonidan Facebook'da joylashtirilgan kontent ustidan mustaqil faktlarni tekshirish va ularni belgilashni to‘xtatishni buyurdi. Biz rad etdik. Natijada ular bizning xizmatlarimizdan foydalanishni cheklashlarini e’lon qilishdi.  Oddiy rossiyaliklar o‘z fikrlarini ifodalash va harakatlarni tashkil qilish uchun bizning ilovalarimizdan foydalanmoqda. Biz ular o‘z ovozlarini eshitishni, sodir bo‘layotgan voqealarni baham ko‘rishni va Facebook, Instagram, WhatsApp va Messenger orqali tartibga solishda davom etishlarini istaymiz". 

Shuningdek, Facebook xavfsizlik siyosati rahbari Nataniyel Gleyxer Twitter'da kompaniya Rossiya davlat ommaviy axborot vositalariga o‘z platformasida reklama joylashtirish yoki monetizatsiya qilishni taqiqlashini aytdi va boshqa Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarini belgilashda davom etishini ma’lum qildi. 

"Ushbu o‘zgarishlar allaqachon tarqala boshlagan va hafta oxirigacha davom etadi. Biz Ukrainadagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib boramiz va platformamizdagi odamlarni himoya qilish uchun ko‘rayotgan qadamlarimizni baham ko‘rishda davom etamiz." deya qo‘shimcha qilgan Nataniyel Gleyxer. 

O‘QING: App Store Rossiyada bloklanishi mumkin