Rossiyada haqiqiy «aqlli» svetofor yaratishdi (video)

  •   DiMaX
  •  696
  •  09.07.2021 10:46

Rossiyada haqiqiy «aqlli» svetofor yaratishdi (video)

Samarqandda piyodalar tomonidan boshqariladigan innovatsion svetofor o‘rnatilgani haqida yozgan edik. Rossiyaliklar esa hozirgilariga umuman o‘xshamaydigan «aqlli» svetofor konseptlarini ishlab chiqishdi.

O‘QING: Yo‘lda radar bormi? Unda bu haqda Waze orqali xabar bering

Kelajak svetoforlarini «Rostex» davlat korporatsiyasiga qarashli «Shvabe» xoldingi hamda mashhur dizayner Artemiy Lebedev studiyasi hamkorlikda loyihalashtirgan. Bunda an’anaviy uch seksiyali sxemadan voz kechishgan – uning o‘rniga turli form-faktorlarga ega yaxlit ekran qo‘llanadi.

Katta yo‘llar, trassalarda vertikal svetoforlar o‘rnatish taklif etilmoqda. Shahar ko‘chalarida esa piyodalar uchun ularning kichraytirilgan nusxalari, mashinalar uchun esa kvadrat shaklli variantini o‘rnatish nazarda tutilgan.

Kelajak «aqlli» svetoforlarida, standart signallar va belgilardan tashqari, animatsiyali tasvirlar ham translyasiya qilinadi. Shuningdek, ularda yo‘ldagi vaziyatning o‘ziga xosliklari va tavsiya etiladigan manyovrlar aks ettiriladi. Bunaqa svetoforlarga hatto shovqin monitoringi datchigini, havodagi karbonat angidrid miqdorini aniqlovchi modullarni, Wi-Fi peredatchiklarini integratsiya qilish mumkin bo‘ladi.

O‘QING: Toshkentdagi fotoradar va kameralar soni hamda o‘rnatilgan joylari ro‘yxatlari

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!