Rossiyada «Marusya»ni «Kapsula»ga solib sota boshlashdi!

  •   DiMaX
  •  929
  •  29.01.2020 14:26

Rossiyada «Marusya»ni «Kapsula»ga solib sota boshlashdi!

«Yandeks» kompaniyasi Rossiyaning ilk intellektual ovozli yordamchisi«Alisa»ni 2017 yildayoq taqdim etgan edi. Keyinroq esa Mail.ru Group uning raqibasi – «Marusya»ni ishlab chiqqan.

 O‘QING: Bunaqasi bo‘lmagan: «Alisa»ga 22 million martadan oshiq sevgi izhor qilishibdi!

Mail.ru Group kuni kecha o‘zining «aqlli» kolonkasi uchun oldindan buyurtma ola boshladi. «Kapsula» deb nomlangan mazkur gadjetga «Marusya» ovozli yordamchisi ham joriy etilgan. Ushbu juftlik raqobatchi kompaniyaning «Alisa» yordamchisiga ega bo‘lgan «Yandeks.Stansiya» kolonkalariga javobdir.

«Kapsula» uchun 6 990 rubl (taxminan 112 AQSh dollari) hajmida narx belgilangan bo‘lib, uni qora yoki kul rang korpusda sotib olish mumkin. Hadya sifatida esa «VKontakte» tarmog‘ida musiqaga uch oylik obuna taqdim etiladi. Kolonkani 2020 yilning birinchi choragi oxirigacha ochiq sotuvga chiqarish rejalashtirilgan.

O‘QING: AliExpress’ning sir tutilgan «aqlli» qurilmasi ilk «jonli» suratda!

Mail.ru Group‘ning «aqlli» kolonkasi ushbu toifadagi devayslar uchun odatiy bo‘lgan funksiyalarga ega – yangiliklarni o‘qib berishu bolalarga ertak aytib berishdan boshlab eslatmalar va yo‘lda vaqtni hisoblab berishgacha.

«Kapsula» dinamiklarining jami quvvati 30 vattga teng. Shulardan 25 vatti diametri 76 millimetr bo‘lgan past chastotali dinamikka, 5 vatti esa 20 millimetrlik yuqori chastotali dinamikka to‘g‘ri keladi. Shuningdek, gadjetga nutqni tanib olish uchun oltita mikrofon o‘rnatilgan. Uning chastotalar diapazoni 50 dan to 20 000 gersgacha.

Karnayning korpusi o‘lchamlari 222x153x110 millimetrga teng, vazni esa 1,46 kilogramm keladi. Qurilma Bluetooth 5.0 LE, Wi-Fi (802.2 a/b/g/n/ac) hamda NFC modullariga ega.

O‘QING: «Yelena» – «sun’iy ong»li virtual teleboshlovchini qarshi oling! (+video)