Rossiyada migrantlar uchun maxsus ilova ishlab chiqiladi

  •   DiMaX
  •  585
  •  29.05.2020 14:47

Rossiyada migrantlar uchun maxsus ilova ishlab chiqiladi

RF Ichki ishlar vazirligi xorijdan kelib ishlovchilar uchun maxsus ilova joriy etish masalasini ko‘rib chiqayotir. Bu to‘g‘rida «RIA Novosti» nashrining huquq-tartibot idoralaridagi o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.

O‘QING: Rossiyadagi yurtdoshlarimiz Telegram orqali o‘zlariga ish topishlari mumkin

Mazkur loyihaga ko‘ra, migrantlar mamlakatga kirayotganida tegishli ilovani o‘z smartfonlariga yuklab oladilar. «Tajriba doirasida migrantning raqamli profilini ham yaratish ko‘zda tutilmoqda. Unda «migrantning ijtimoiy ishonchlilik reytingi» aks etadi», – deyiladi xabarda.

Rejaga ko‘ra, ilovaning o‘zi ham «Migrant» deb nomlanadi va unda migrantning ijtimoiy-huquqiy maqomi haqidagi axborotlar aks etadi. Bundan tashqari, mazkur dasturda kishining biometrik va salomatligiga oid ma’lumotlari, sudlangan yoki yo‘qligi ham kiritilgan bo‘ladi.

Agar Rossiyaga kirib kelayotgan migrant bu ilovani yuklab olishdan bosh tortsa, uning ijtimoiy ishonchlilik reytingiga bu salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

O‘QING: Nega shifokorlarga Putinni suratga olgan smartfonni yo‘q qilish buyurildi? (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!