Rossiyada “Milliy Twitter» ishlab chiqildi

Rossiyada “Milliy Twitter» ishlab chiqildi

Mahalliy dasturlarni ommalashtirishga astoydil bel bog‘lagan rossiyalik mutaxassislar nafaqat mamlakat, balki butun dunyo bo‘ylab keng tarqagan «VKontakte», «Odnoklassniki» va «Moy Mir»ning muvaffaqiyatidan so‘ng Twitter ning ruscha variantini ishlab chiqdi. Xizmat Qewy deb nomlandi va unga foydalanuvchilar katta qiziqish bilan qarayapti, deb xabar beradi FlashSiberia agentligi.

«Twitter — bu mikroblog, biz esa blogerlar uchun to‘laqonli maydon yaratdik», — deydi dasturchilar kompaniyasi vakili Vyacheslav Serpikov.

Ma’lumki, amerikaliklar brendida chegara bor, ya’ni unda 140 ta ramzdan ortig‘ini yozish imkoni yo‘q. Ruslar taklif etayotgan loyihada mingtagacha ramzlardan foydalanish mumkin. Mutasaddi vakilning qo‘shimcha qilishicha, kompaniya xizmat foydalanuvchilarining yozishmalari xavfsizligini ta’minlash maqsadida “Shifrlangan ma’lumotlarnining kriptografik protokoli”ni ishlab chiqmoqda.

Mutaxassis ayni payt “Ruscha Twitter” loyihasida qancha odam borligini aytmagan bo‘lsa-da, Qewy 6 mingga yaqin foydalanuvchiga ega, deb yozadi FlashSiberia.

“Nima uchun o‘tgan hafta unga ulanish imkoni bo‘lmadi”, degan savolga “Bunga loyiha to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinishi bilan ro‘yxatdan o‘tuvchilar soni keskin ko‘payib ketgani sabab”, deb javob bergan Serpikov. Qolaversa, yaqin kunlarda bu kamchiliklar bartaraf etilib, iziga tushib ketishini ta’kidlagan.

Kompaniyaning yaqin kelajakdagi rejasi—Rossiya va mustaqil davlat hamdo‘stligi mamlakatlari hududida o‘z mavqeini topish, mobil ilovasini yaratish.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!