Rossiyada o'q o'tmas iPhone chiqarildi

Rossiyada o'q o'tmas iPhone chiqarildi

Smartfon va boshqa aksessuarlarni qimmatbaho materiallar bilan bezalgan hashamatli variantlarini chiqaradigan Caviar brendi endi Rossiyada zirhli iPhone smartfonlari kolleksiyasini taqdim qildi. "Defender" ya'ni "Himoyachi" deb nomlangan ushbu to'plam 5 xil modelni o'z ichiga oladi.


Qatordagi flagman model, Rock, eng yuqori himoya darajasiga ega. Smartfon 3-sinf BR-3 zirhi bilan himoyalangan bo'lib, u Kalashnikov avtomatidan to'g'ridan to'g'ri otilgan 5,45x39 o'qqa bardosh bera oladi. Qurilma korpusi esa gipertovushli raketalarni ishlab chiqarishda foydalaniladigan VT-01 titanidan qilingan. Ushbu modifikatsiyada nafaqat iPhone 13 Pro va iPhone 13 Pro Max modellari uchun, balki, hali taqdim qilinmagan iPhone 14 Pro va iPhone 14 Pro Max modellari uchun ham mavjud va unga telefon modeli va xotiralariga 8,000 dollardan 10,500 dollargacha bo'lgan narx atrofida buyurtma berish mumkin.


Kolleksiyadagi qolgan Russia Black, Titanium, Dark Light va Total Black modellari ham himoyalangan bo'lib, ular 2-sinf BR-2 zirhiga ega va u to'pponcha o'qiga chidamlidir.

O'QING: Noodatiy dizayndagi Galaxy smartfoni taqdim etiladi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!