Rossiyada Samsung Galaxy S8 va S8+ o‘rtacha 15% ga arzonlashdi

  •   DiMaX
  •  3162
  •  13.05.2017 11:26

Rossiyada Samsung Galaxy S8 va S8+ o‘rtacha 15% ga arzonlashdi

Yaqinda taqdim etilib, dunyo bo‘ylab savdolari boshlangan Samsung Galaxy S8 hamda S8+ flagmanlari Rossiya Federatsiyasida arzonlasha boshladi, deb xabar beradi Hi-Tech Mail.Ru nashri. Bu ikki modelning narxi o‘rtacha o‘n besh foizga, ba’zi joylarda esa hatto undan ham ko‘proqqa pastlagan.

Agarda savdolari boshlangan payti bu ikki qurilmaning tavsiya etilgan chakana narxlari tegishlicha 54 990 va 59 990 rublga teng, ba’zi joylarda undan ham yuqori bo‘lgan esa, bugungi kunga kelib ularning narxida eng pastki chegara tegishlicha 49 350 hamda 49 990 rublgacha tushgan. Aftidan, bu arzonlashuv hali yana davom etsa ham kerak, deyiladi xabarda.

Ammo bitta jihati bor: narxlar tushishi smartfonlarning rangiga bog‘liq. Hammadan ham ko‘proq sariq topaz rangidagi Galaxy S8 va S8+ telefonlari arzonlagan. Arzonlashuv bo‘yicha ulardan keyingi o‘rinda esa mistik ametist rangidagi qurilmalar bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, bu yerda gap umumiy olganda chakana savdo haqida ketyapti, deyiladi manbada. Samsung onlayn-magazinlarida va yirik riteylerlarda smartfonlar narxi haliyam o‘sha boshlang‘ich holatida turibdi. Ayon bo‘lyaptiki, nisbatan arzon Galaxy S8 hamda S8+ smartfonlari Rossiyaga boshqa mamlakatlardan olib kirilmoqda. Chunki bu mamlakatda mazkur modellar uchun rasman belgilangan narxlar ancha yuqori.

Yana ta’kidlash o‘rinliki, Rossiyada Samsung kompaniyasi nafaqat sotilgan smartfonlarining umumiy soni borasida, balki qimmatbaho flagmanlarni yetkazib berish bo‘yicha ham Apple’dan oldinlab ketgan. Yetakchining almashishi, ko‘rinib turibdiki, Samsung Galaxy S8 hamda S8+ flagmanlarining chiqishi bilan bog‘liq.

O‘zbekistonga kelsak, ularning «Malika» savdo markazidagi narxlari saytimizning tegishli bo‘limida muntazam tarzda berib borilmoqda. Jumladan, 10 may sanasidagi ma’lumotga ko‘ra, Samsung Galaxy S8 modeli 5 745 000 so‘mga, Galaxy S8+ esa 6 705 000 so‘mga baholangan.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!