Rossiyada taksofonlardan qo‘ng‘iroq qilish butkul bepul bo‘lyapti!

  •   DiMaX
  •  655
  •  25.04.2019 12:43

Rossiyada taksofonlardan qo‘ng‘iroq qilish butkul bepul bo‘lyapti!

 «Rostelekom» kompaniyasi mamlakat hududidagi barchaa taksofonlardan bepul qo‘ng‘iroq qilish imkonini yo‘lga qo‘ymoqchi. Bu haqda kompaniya rahbari Mixail Oseyevskiy xabar bergan, deb yozadi «Interfaks».

O‘QING: O‘zbekiston bo‘yicha qo‘ng‘iroqlar narxi 90 so‘mdan 12 so‘mga tushadi!

Oseyevskiyning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya hududidagi (uyali telefonlardan tashqari) barcha telefon raqamlariga taksofonlardan qo‘ng‘iroq qilish bepul bo‘ladi. Yangi qoidalar shu yilning iyun oyidan amalga kiritiladi.

Aytish kerakki, Rossiya taksofondan qo‘ng‘iroq qilish uchun to‘lovlarni 2018 yildan buyon basqichma-bosqich bekor qilib kelayotir. Dastlab mahalliy qo‘ng‘iroqlar, keyin esa tegishli hudud ichidagi qo‘ng‘iroqlar bepul qilingan.

Ayni damda Rossiya hududida 148 mingta taksofon mavjud bo‘lib, ularning barchasiga «Rostelekom» xizmat ko‘rsatadi.

O‘QING: O‘zbekistonda 1 apreldan barcha smartfon va planshetlar IMEI-kodi bo‘yicha BEPUL ro‘yxatga olinmoqda!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!