Rossiyada Telegram butunlay bloklanishi mumkin! Buning uchun Roskomnadzor 20 mlrd. ajratmoqchi

Rossiyada Telegram butunlay bloklanishi mumkin! Buning uchun Roskomnadzor 20 mlrd. ajratmoqchi

Rossiya Federatsiyasining Aloqa, axborot texnologiyalari va ommaviy kommunikatsiyalar sohasi nazorati bo‘yicha federal xizmati – Roskomnadzor mamlakatda Telegram messenjerning faoliyatini to‘xtatish uchun jiddiy kirishganga o‘xshaydi.

Telegram’ni bloklashga qaratilgan bir necha samarasiz urinishlardan so‘ng Roskomnadzor yangicha texnologiyani joriy etishga qaror qildi. Buning uchun Roskomnadzor “paketlarning chuqur tahlili” – DPI texnologiyasidan foydalanishni rejalamoqda. Uni global ravishda sinovdan o‘tkazish keyingi yildanoq boshlanadi. Bu haqda “iphones.ru” nashri yozmoqda.

O‘QING: Telegram’ni bloklashmoqchi, vaziyat jiddiy!

Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, messenjerni bloklash 20 mlrd rublga tushar ekan.

Manbada har bir internet provayderiga barcha sarflanuvchi trafikni tahlil qiluvchi maxsus uskunalar o‘rnatilishi yozilmoqda.

Maxsus dasturiy ta’minot u yoki bu ilovaga qancha trafik ketishini aniqlaydi. Zarur bo‘lganda nojoiz servislardan foydalanish cheklab qo‘yiladi.

O‘QING: Telegram Roskomnadzor taqiqlasa ham, ilovadan qanday foydalanish mumkinligini aytdi

Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki, Rossiya qonunchiligiga ko‘ra, ushbu messenjer xizmati FSB (Federal Xavfsizlik Xizmati) qo‘liga o‘z foydalanuvchilari haqida ma’lumot va yuborilayotgan xabarlarni o‘qishga imkon beruvchi maxsus shifrlash kodini taqdim qilishi lozim. Biroq Pavel Durov bu talabni bajarishdan bosh tortgan edi.

Aksiga olib, messenjerni bloklashga urinishlariga qaramay (bu harakat 2018 yilning aprel oyidan beri davom etmoqda) Telegram'ning Rossiyadagi foydalanuvchilari soni bir yil davomida 1,5 barobar ko‘paygan.

O‘QING: Pavel Durov Rossiya hududida Telegram'ning bloklanishiga rozi bo‘ldi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.