Rossiyadan hisob to‘ldirilganda Beeline abonentlari uch marotaba foyda ko‘radilar

Rossiyadan hisob to‘ldirilganda Beeline abonentlari uch marotaba foyda ko‘radilar

Yirik aloqa operatori Beeline yangi aksiya boshlangani haqida xabar beradi. Endi Beeline O‘zbekiston abonentining hisobi Rossiyadan $5 va undan ortiqga to‘ldirsa, Beeline O‘zbekiston abonenti o‘z balansiga uch marotaba ko‘p mablag‘ni oladi. Masalan, hisob $5 to‘ldirilsa, abonent asosiy balansiga $5, bonus balansiga $10 oladi.

Pul bonuslarini O‘zbekiston bo‘ylab SMS va qo‘ng‘iroqlar, abonent to‘lovi va tarif rejasi narxidagi Internet uchun sarflash mumkin. Bonusli balans 30 kun mobaynida amal qiladi. Bonuslar qoldig‘ini tekshirish uchun *106# tering.

Aksiya 2016 yilning 30 iyun kuniga qadar amal qiladi. Tafsilotlar www.beeline.uz saytida.

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.