Rossiyaga endi faqat QR-kod bilan boriladi

  •   DiMaX
  •  397
  •  14.08.2021 15:00

Rossiyaga endi faqat QR-kod bilan boriladi

2021 yil 1 sentyabrdan O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga borish uchun «COVID-19siz sayohat» maxsus ilovasi orqali beriladigan QR-kodlarni taqdim etishlari kerak. Bu to‘g‘rida Xabar.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: O‘zbekistonda koronavirus bilan bog‘liq chatbot ishga tushdi

Aytilishicha, ilovadagi akkreditatsiyadan o‘tgan laboratoriyalardan birida 72 soatdan kechikmagan holda PSR-testlar topshiriladi. Ana shu analizlar aks etgan QR-kod chegaradan o‘tayotganda skaner qilinadi.

Rossiyaga yetib borgan fuqaro ushbu QR-kodni ish beruvchiga ham ko‘rsatishi lozim. Shundagina bexavotir ishlashi mumkinligi aytilgan.

O‘QING: Telegram-profilga QR-kod orqali tezkor kirish (+video)

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!