Rossiyaliklar yangi kosmik kemaga nom tanlamoqda

Rossiyaliklar yangi kosmik kemaga nom tanlamoqda

Rossiyaliklar fazoga uchiriladigan yangi kemaga nom tanlash bilan mashg‘ul. Tashkiliy qo‘mita nomlarni saralash bilan shug‘ullanmoqda. Hay’atga hammasi bo‘lib 6 mingga yaqin variantlar taqdim etilgan.

Eng ma’qul nomlardan “Federatsiya”, “Gagarin”, “Rodina”, “Zvezda”, “Lider”, “Galaktika”, “Mir”, “Zodiak”, “Astra” va “Vektor”ni sanash mumkin.

Ta’kidlab o‘tamiz, nom tanlash tadbiri ovoz berish shaklida rasmiy saytda o‘tkaziladi. Maxsus komissiya eng ko‘p ovoz yiqqan uchta nomdan birini tanlaydi. Eng munosib nomni tanlagan g‘olibga bahorda Boyqo‘ng‘ir kosmodromiga borib, havo kemasini uchirish jarayonini tomosha qilish imkoni beriladi.

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!