Rossiyani tark etayotgan video o‘yinlar

Rossiyani tark etayotgan video o‘yinlar

GTA va Red Dead Redemption o‘yinlari bilan mashhur Rockstar Games rasmiy veb-saytida o‘yinlarga obuna bo‘lmoqchi bo‘lganlar "Bu o‘yin mamlakatingiz yoki mintaqangizda mavjud emas" degan xabarga duch kelishmoqda, lekin kompaniya bunga rasmiy munosabat bildirmagan. Avvalgi sotib olingan o‘yinlar muammosiz ishlamoqda. 

O‘zining Battlefield nomli otishma janridagi o‘yinlari bilan mashhur bo‘lgan EA (Electronic Arts) o‘z blogida "Bu mojaro davom etar ekan, biz Rossiya va Belorussiyada o‘yinlarimiz va kontentimiz, jumladan, virtual valyuta to‘plamlari sotilishini to‘xtatishga qaror qildik." deya xabar qoldirgan. 

Call of Duty, World of Warcraft va Diablo kabi video o‘yinlari ishlab chiqaruvchisi Activision Blizzard ham "Ushbu mojaro davom etar ekan, biz Rossiyadagi o‘yinlarimizning yangi sotuvlarini to‘xtatib qo‘yishini e’lon qilamiz." deb xabar bergan. 

Activision Blizzard'dan keyinoq Epic Games ham Rossiyada o‘z o‘yinlari savdosini to‘xtatayotganligini ma’lum qildi. Ta’kidlash joizki, Epic Games rossiyalik o‘yinchilarni ban qilmasligini aytib o‘tgan. 

O‘z mahsulotlari va xizmatlarini Rossiyaga yetkazib berishni to‘xtatgan Microsoft'ning Minecraft o‘yini Rossiyadagi Google Play va App Store do‘konlaridan o‘chirib tashlangan. 

Cyberpunk 2077 nomli ilmiy-fantastik video o‘yinlarni ishlab chiqargan Polshaning CD Projekt nashriyoti payshanba kuni o‘z o‘yinlarining Rossiya va Belorussiyadagi barcha sotuvlarini to‘xtatishini aytdi. Shuningdek, u mamlakatlardagi GOG video o‘yinlar onlayn do‘koni orqali ham barcha sotuvlarni to‘xtatib qo‘yadi. 

Steam platformasida oltinchi eng ko‘p o‘ynalayotgan bo‘lib turgan Elden Ring video o‘yini rossiyalik o‘yinchilar Steam kutubxonasidan yo‘qolib qolmoqda va ularga o‘yinni sotib olgan pullari qaytarib berilmoqda. 

O‘QING: Rossiya FIFA'dan ham chiqarib yuborildi

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!