Rossiyani tark etish navbati Microsoft'ga keldi

Rossiyani tark etish navbati Microsoft'ga keldi

Apple va Googledan keyin Microsoft Rossiyani tark etayotgan navbatdagi kompaniya bo‘ldi. Juma kuni Microsoft prezidenti Bred Smit Rossiyada kompaniya mahsulotlari va xizmatlarining barcha yangi savdolari to‘xtatilayotganini tasdiqladi. 

"Butun dunyo kabi biz ham Ukrainadagi urushdan kelayotgan tasvirlar va yangiliklardan dahshatga tushamiz, g‘azablanamiz va qayg‘uramiz hamda Rossiyaning bu asossiz va noqonuniy bosqinini qoralaymiz. Bugun biz Rossiyada Microsoft mahsulotlari va xizmatlarining barcha yangi sotuvlarini to‘xtatib qo‘yishimizni e’lon qilamiz." deyiladi kompaniya blog postida. 

Bundan tashqari kompaniya AQSh, Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniya hukumatlari bilan hamkorlikda ishlayotganligini va ularning sanksiyalar bo‘yicha qarorlariga muvofiq Rossiyadagi biznesining ko‘p jihatlarini to‘xtatayotganligini ma’lum qilgan, lekin kompaniya aynan qaysi bizneslari, sotuvlari va xizmatlarini ko‘rsatishni tugatayotganligini aytmagan. 

O‘QING: Yana ikki texnogigant kompaniya Rossiya bozorini tark etdi

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.