Rossiyaning eng qimmat internet-kompaniyalaridan biri O‘zbekistonga kirmoqchi

  •   DiMaX
  •  2170
  •  04.04.2019 18:36

Rossiyaning eng qimmat internet-kompaniyalaridan biri O‘zbekistonga kirmoqchi

Rossiyadagi Wildberries internet-magazini 2019 yilda Yevropa Ittifoqi va MDH mamlakatlari bozorlariga kirib borishni rejalashtirmoqda. Bu xususda «TASS» xabariga tayanib Spot.uz nashri yozmoqda.

O‘QING: «Uzcard» va «Mir» kobeyjing kartalari: plastik kartalarimiz endi Rossiya banklarida ham o‘tadigan bo‘ladi!

Mazkur internet-kompaniyaning asoschisi va bosh direktori Tatyana Bakalchuk «Rossiya-24» telekanaliga bergan intervyusida ma’lum qilgan.

«Bu yil biz Yevropaga, imkoniyati paydo bo‘lsa MDHning boshqa mamlakatlariga ham chiqishni rejalashtirmoqdamiz. U yerda o‘z faoliyatimizni boshlash uchun bir necha mamlakatlar bor, lekin hozircha aynan qaysilari ekanligi haqida gapirmayman», – deydi internet-magazin egasi.

Bakalchuk kompaniya do‘konlari paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan mamlakatlar orasida Ozarbayjon, Gruziya va O‘zbekiston borligini ma’lum qildi.

Wildberries internet-magazini turli xil toifadagi mahsulotlarni sotish bilan shug‘ullanadi, shu jumladan, o‘yinchoqlar, sport va bolalar ozuqasi, elektronika, kitoblar va hokazo.

2018 yilda kompaniya daromadi 1,7 milliard AQSh dollariga yetdi, Tatyana Bakalchuk esa Wildberries’ning yagona egasidir. Yil yakunlariga ko‘ra, Wildberries Rossiyaning eng qimmat internet-kompaniyalari reytingida to‘rtinchi o‘rinni egalladi; Bakalchuk bo‘lsa Rossiyaning ikkinchi milliarder ayoliga aylandi.

O‘QING: Dunyoning eng qimmat brendlari e’lon qilindi: Apple kuchli uchlikda, lekin yetakchi boshqa!

Xabarlarni tez va oson o'qish uchun Android ilovamizni saqlab oling.