RTX 4080 va RTX 4090 taqdim qilindi

RTX 4080 va RTX 4090 taqdim qilindi

Kecha bo'lib o'tgan GeForce Beyond taqdimotida Nvidia rasman RTX 4080 va RTX 4090 videokartalarini namoyish qildi. Kompaniyaning RTX 40 seriyasidagi yangi avlod videokartalari eng birinchi kompyuter dasturchisi nomi bilan atalgan Ada Lovelace arxitekturasining yangi, uchinchi avlodiga asoslangan bo'lib, ular GDDR6X xotirasi bilan keladi.

Seriyadagi eng yuqori darajadagi RTX 4090 modeli 24GB xotiraga ega. Garchi u RTX 3090 Ti videokartasi bilan bir xil quvvat sarflasa ham, u avvalgisidan ko'ra 2-4 karra tezroq ishlaydi. Uning kapoti ostida 16,384 CUDA yadrosi, 2,52 gigagertsgacha ko'tarila oladigan 2,23 gigagertsli asosiy soat chastotasi, 1,321 Tensor-TFLOP, 191 RT-TFLOP va 83 Shader-TFLOP'lar mavjud. RTX 4090 12-oktabrdan $1,599 narxda sotuvga chiqariladi.

RTX 4080 ikki xil: 12GB va 16 GB xotirali modellarda taqdim qilindi. Nvidia ular RTX 3080 Ti'dan ko'ra 2-4 karra tezroq ishlashini aytmoqda. 12 GB xotirali model 7,680 CUDA yadrosi, 2,61 gigagertsgacha chiqa oladigan 2,31 gigagertsli asosiy soat chastotasi, 639 Tensor-TFLOP, 92 RT-TFLOP va 40 Shader-TFLOP bilan $899 narxda, 16 GB xotirali model esa 9,728 CUDA yadrosi, 2,51 gigagertsgacha chiqadigan 2,21 gigagertsli asosiy soat chastotasi, 780 Tensor-TFLOP, 113 RT-TFLOP va 49 Shader-TFLOP bilan $1,199 narxda noyabr oyida chiqariladi. 

O'QING: Yangi chiqqan iPhone14 qiynoqqa solindi!

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!