RTX 6000 - metaolamlar yaratish uchun videokarta

RTX 6000 - metaolamlar yaratish uchun videokarta

O'zining RTX 40 seriyasidagi videokartalari bilan birga, Nvidia dizayner va kontent yaratuvchilar uchun o'zining Ada Lovelace arxitektruasidagi yana bir RTX videokartasini taqdim qildi - RTX 6000 "metaolam uchun kontent yaratishga eng ajoyib qurilma" deydi Nvidia.

Bundan avval taqdim qilingan RTX 4090 videokartasi 28GB xotiraga ega bo'lsa, RTX 6000
modeli 48GB xotirali bo'lib, u 18,176 CUDA, 568 Tensor va 142 RT yadrolari bilan ustunlikka ega. Ushbu model ham o'zining avvalgi avloddagisidan 2-4 karra tezroq ishlaydi.

RTX 6000 o'yinlarni yuqori darajadagi grafik ko'rinishda o'ynash uchun emas, balki filmlar uchun CGI yaratadigan dizaynerlar, metaolamlar uchun 3D kontent yaratadiganlar yoki murakkab ilmiy hisoblashlar amalga oshiradigan olimlarga ish stansiyalarida foydalanish uchun chiqarilgan bo'lib, afsuski, uning narxi hali ma'lum qilinmagan. Ammo, oldingi RTX A6000 narxi deyarli $5,000 ekanligini hisobga olsak, ushbu model narxi undan kam bo'lmasligi aniq. RTX 6000 dekabr oyida chiqarilishi kutilmoqda.

O'QING: Mustahkam himoyaga ega "kolonka" smartfon

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!