Ruhiyat va reallik chegarasi: karomatli tush ko‘rish sabablari aniqlandi

  •   Saroy
  •  4918
  •  27.08.2018 10:36

Ruhiyat va reallik chegarasi: karomatli tush ko‘rish sabablari aniqlandi

Kelajakdan  bashorat qiluvchi tushlarga Yevropa aholisining to‘rtdan bir qismi, ayrim hisob-kitoblar bo‘yicha esa, yarmi ishonar ekan. Qolaversa, ko‘pchillikning ta’kidlashicha ular hayotlarida bunday tushlarni hech bo‘lmaganda bir bor ko‘rganlar. Olimlar buning bir qancha ob’yektiv va sub’yektiv sabablari bor demoqdalar.

Buni men avval qayerdadir ko‘rganman

O‘smirlar shaharda velosipedda uchishardi. Yo‘lda kelayotganda  bir bola to‘satdan tushindiki, hozir u burchakka qayriladi va hovlida velosipedida turgan o‘zining do‘stini ko‘radi. Unga bu manzarani o‘tgan kuni tushda ko‘rgandek tuyuladi. U bularning barchasini do‘stlariga aytib bermoqchi bo‘ladi, lekin  bashoratchi bo‘lib qolishdan cho‘chib o‘zini tiyadi.

1983 yilda shveysariyalik ruhshunos  Artur Frankxoyzer o‘zining ko‘rganlarini shunday hikoya qilib berdi. Uning fikricha, karomatli tushlarning qandaydir bir qismi dejovyu effekti bilan bog‘liq bo‘ladi, ya’ni inson ko‘rgan joyda ham avval bo‘lganini tushinadi, aslida u  yerda   hech qachon bo‘lmagan bo‘lsa-da. Olimning fikricha, tushinish va karomatli tush ko‘rish holatlari ayniqsa o‘smirlik  yoshda faollashadi va kelgusida uning ruhiyatini shakllantiradi.

O‘QING:«Mangu» pikcyellari: kriptovalyuta emas, balki milliy kristavalyuta!

Ushbu farazni tekshirib ko‘rishga 2002 yilda yaponiyalik olim, Fukusimi Universiteti taqiqotchisi Kazuxiko Fukuda urinib ko‘rdi. U 122 nafar talaba orasida so‘rov o‘tkazdi va ularning 40 foizi hayotlarida hech bo‘lmaganda bir marta karomatli tush ko‘rganini aytgan. To‘g‘ri ularning ko‘pchiligi bashoratlarga ishonishmaydi. So‘rovda qatnashganlar orasida hech qachon kelajak haqida tush ko‘rmagan, ya’ni dejovyuga duch kelmaganlar  ham bor ekan. Fukudaning fikricha, odamlar shunchaki ushbu ikki effektni chalkashtirib yuboradilar.

Atofimiz alomatlarga to‘la

Karomatli tushlar haqida eng qadimgi adabiyot yodgorliklarida ham fikr yuritilgan. Arastu  o‘zining bir asarini aynan karomatli tushga bag‘ishlagan. U  «tushda bashorat qilish»,  deb ataladi. Ushbu asarda ta’kidlanishicha, mazkur fenomenni aniqroq tushintirib berish qiyin, ammo shunchaki aytilgan so‘zlarga ishonish ham noto‘g‘ri.

Faylosuf  ushbu paradoksning yechimini  qadimgi rimliklarga xos tarzda topdi, ya’ni tush xudolar inoyati, deb e’lon qilib qo‘ya qoldi.

Ko‘pchillik bir marta bo‘lsa ham karomatli tush ko‘rganini yoki boshqalar avvaldan aytib berganini eslasa kera. Ular aksariyat hollarda salbiy      hodisalarga tegishli bo‘ladi, masalan yaqin qarindoshining o‘limiga. Olimlarning fikricha, inson o‘zi bilmagan holatda yaqin kishisining ahvoli yomonligiga ishora beruvchi tashqi ko‘rinishidagi o‘zgarishlarni ko‘radi. Bu ma’lumot unga o‘lim haqida tungi qo‘rquvlarni keltirib chiqaradi. Qarindoshi vafot etgandan keyin esa, tush xuddi bashoratdik qabul qilinadi.

O‘QING:Aqlli telefonlar: sun’iy ong cho‘ntagimizda

Biz ko‘plab ma’lumotlarni o‘zimiz anglamagan holda qabul qilaveramiz, uni eslab qolamiz, garchi bunga harakat qilmasakda. Natijada, bularning barchasi tushda namoyon bo‘lishi mumkin. Ilmiy jamoatchilikning fikricha, tush, ayniqsa uning tezkor fazasida  ma’lumotni o‘zlashtirish yoki eslab qolishni osonlashtiradi. Yana ayrim taxminlarga ko‘ra, tush qiyin vazifalarni hal qilishga yordam beradi.

2014 yilda Edinburg Universiteti (Buyukbritaniya) olimlari  Milan Valyashek va  Karolin Uatt ma’lumotlarni ko‘rmasdan qayta ishlash gipotezasini tekshirib ko‘rdilar. Ular karomatli tush ko‘rgan kishilar o‘z atrofidagi yashirin belgilarni o‘zi bilmagan holda qidirish va tahlil qilishga moyil bo‘ladi, degan fikrga tayandilar. Darvoqe, bu g‘oyani ilk bor Arastu tilga olgandi. Va aksincha kimda kim kelajak alomatlarga ongli ravishda e’tibor qaratsa, u karomatli tushlarni ko‘rmaydi. Natijada taxminlarning birortasi ham o‘z tasdig‘ini topmadi. Bundan shunday xulosa qilish mumkinki, tushning bashoratliligi  va  avvaldan sirli fol ochish bir biriga aslo bog‘liq emas.

Karomatli tushlarni kim ko‘p ko‘radi

Bir yil o‘tgandan keyin  Valyashek rahbarligidagi tadqiqotchilar  din bilan karomatli tush o‘rtasidagi bog‘liqlikni o‘rgandilar. Unda bashoratli tush ko‘rish tajriba va dimografik faktorlar, jumladan jinsi, yoshi, ma’lumotliligi hisobga olindi.

Anketa bo‘yicha turli yoshdagi va turli jinsdagi 672 kishi o‘rganilib, shunday xulosaga kelindi. Kim ko‘proq ma’rifatli bo‘lsa, u karomatli tushlarga shuncha kam ishonadi.

O‘QING:Futbol: Jahon chempioni hozirdanoq ma’lum

Yana bir ma’lumot: karomatli tushlarga hammadan ko‘p  ayollar  ishonadi, degan faraz to‘g‘ri bo‘lib chiqdi.

Yoshi katta odamlar karomatli tushlar haqida ko‘p gapiradi. Uzuq-yuluq tushlar ham bunga sharoit yaratadi.

Hatto bunga  medikamentlarning ham aloqasi bor ekanligi ma’lum bo‘ldi. Sog‘lom odam bir kechada  bir necha bor tush ko‘radi, lekin hech qachon eslab qolmaydi. Biroq ayrim uyqu dorilar tush strukturasini o‘zgartirishi mumkin va uyg‘ongandan keyin ham xotiralarni saqlab qolishi mumkin.

Boshqacha izoh ham mavjud. Masalan, kishining  televizor qarshisida ko‘zi ilindi, bu vaqtda unda yangiliklar berilayotgandi va uning miyasi ijodiy tarzda ularni tush tolalariga biriktirib yuboradi. Ertalab, yangiliklarni yana bir bor eshitgandan keyin, karomatli tush ko‘rganiga o‘zi ham ishonadi.

Ehtimollik nazariyasini qo‘llab ko‘rishga urinish ham qiziqdir. Masalan, tez-tez  zilzilalar bo‘lib turishi sayyoramizning ko‘plab mintaqalariga xosdir. Shu bois zilzila haqida tush ko‘rish ehtimoli ham yo‘q narsa emas. Asabbuzarlik holatlari va so‘nggi havotirli va tashvishli kunlar kelgusida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan qo‘rqinchli tushlar ko‘rishga sabab bo‘lishi mumkin.

Aksariyat hollarda odam tushini bashoratga mengzaydi: davstavval voqea sodir bo‘ladi, keyin u bu haqda tushda ko‘rganini «eslaydi». Haqiqatda esa «bashoratchi» o‘zi anglamagan holda tush ko‘rgan sanani o‘tmishga surishi mumkin va tush voqedan keyin ko‘ringan bo‘lib tuyuladi.

Tushlar fabrikasi

Umuan bizga tush ko‘rish kerakmi? Rossiya Fanlar Akademiyasining  Seversova nomidagi ekologiya va evolyusiyani tadqiq qilish institutining taniqli olimi Vladimir Kovalzon o‘zining  «tushshunoslik asoslari» kitobida shunday deb yozadi: fikrlash va murakkab to‘rt o‘lchamli obrazlash shakllangan paytda tushlar evolyusion yo‘lda ortiqcha narsadek paydo bo‘lgan.

AQSh va Buyukbritaniya olimlari esa miyani uyg‘oq vaqtida shakllangan  atrofimiz modelini tushda aniqlashtiradigan virtual reallik generatori bilan tenglashtirdilar. Tushda miya atrofimizdagi voqelikdan xabar beruvchi bashoratni yuzaga keltiradi, uni esa, albatta  tekshirib ko‘rish lozim.

Bir kechada biz to‘rttadan oltitagacha 90 daqiqalik sikl bilan tush ko‘ramiz. Tush miyamiz hali faol lekin tashqaridan rag‘batni qabul qilmay turganda va signallarni muskullarga jo‘natmay turganda ko‘riladi. Ona bachadonida bo‘lgan bola ham kunning ko‘p vaqtini ana shu holatda o‘tkazadi. Shunday qilib tush markaziy azab tizimini shakllantirishda muhim ahamiyatga ega. Ammo kattalarga tush ko‘rish nimaga kerak,  bunisini hozircha hech kim bilmaydi

O‘QING:Olimlar telefonni o‘rindan uzoqroq tutishni tavsiya qilishmoqda

 

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!