Rulon shaklida o‘raluvchi LG televizori 2019 yiliyoq sotuvga chiqadi! (+«jonli» video)

  •   DiMaX
  •  903
  •  18.12.2018 14:58

Rulon shaklida o‘raluvchi LG televizori 2019 yiliyoq sotuvga chiqadi! (+«jonli» video)

LG Display kompaniyasi qayishqoq displey texnologiyalari ustida anchadan beri ishlab kelayotir. Jumladan, u xuddi shunday ekranli – o‘raluvchi televizor prototipini joriy yilning yanvarida – CES 2018 ko‘rgazmasidayoq namoyish etgan.

O‘QING: LG allaqachon buklama smartfondan tashqari o‘raluvchi OLED-televizor ham tayyorlagan! (+«jonli» video)

Manbalarning xabar berishicha, xuddi shunday rulon-televizor kelasi yiliyoq do‘konlar peshtaxtalariga chiqadi, deb yozadi Bloomberg nashri.

Ushbu televizor diagonaliga 65 dyuymlik OLED panelga ega bo‘lib, ishlatilmayotgan payti bazaviy modulga o‘ralib – yig‘ilib turadi. Shuningdek, LG bu mahsulotini displeyi qisman ko‘rinmas bo‘luvchi variantda ham chiqarishi mumkin. Masalan, keng formatli video namoyishi paytida 16:9 formatidan 21:9 formatiga o‘tganda ekranning bo‘sh qolgan joyi ko‘rinmay turadi.

Mana, CES 2018 ko‘rgazmasidagi namoyishdan olingan videoda ushbu televizorni «jonli» tomosha qilamiz:

Maxsus tugmacha bosilganida, televizor xuddi garaj eshigi kabi avtomatik tarzda yig‘ilib qoladi. O‘raluvchi televizorning narxi hozircha ma’lum emas, Terashop.uz internet-do‘konimizda esa 1 419 000 so‘mdan boshlanuvchi televizorlarni xarid qilish imkoni mavjud.

O‘QING: Samsung The Wall endi eng zo‘ri emas: LG rekord darajada ulkan va yupqa micro-LED TV yaratdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!