S8 Pro Ultra - bu smartfon yoki planshet emas

S8 Pro Ultra - bu smartfon yoki planshet emas

Roborock CES 2023 tadbirida o‘zining yangi robot changyutgichini taqdim etdi. S8 Pro Ultra nomini ko‘rib ko‘pchilik bu Apple yoki Samsung'ning yangi smartfoni deyishi mumkin. 

Yangi changyutgich pol tozalaydigan matosini o‘zi yuva oladi, o‘z axlat qutisini o‘zi bo‘shata oladi hamda uyni o‘zi tozalay oladi. Demak, ushbu qurilma barcha zamonaviy funksiyalar bilan jihozlangan. 

Ushbu funksiyalar o‘tgan yilgi S7 MaxV Ultra modelida ham bor edi. U ham “RockDock Ultra “ funksiyasi, ya’ni agar changyutgich ishini tugatsa yoki quvvati oz qolsa, avtomatik ravishda o‘zining stansiyasiga qaytib ketadi. S8 Ultra Pro esa ushbu modelning yanada kuchaytirilgan versiyasi hisoblanadi. Uning chang tortish kuchi yaxshilangan, shuningdek, yangi havo bilan quritish funksiyasi sabab endi pol tozalaydigan mato mog‘orlab, undan turli yoqimsiz hid kelib qolmaydi.  

Kauchuk rolikli cho‘tka bu yil yangilandi, u endi gilamdagi mayda zarralarni yanada yaxshi tera oladi. Yangi gadjet boshqa robot changyutgichlar kabi o‘zini to‘siqlardan olib qocha oladi. Uyni bir marta aylanib chiqib uni xaritasini tuzib chiqadi. Bundan tashqari, changyutgichni o‘zining maxsus ilovasi bilan boshqarish mumkin. 

Roborock S8 Pro Ultra changyutgichi shu yilning aprel oyida sotuvga chiqadi. Uning narxi 750 dollardan 1000 dollargacha bo‘ladi. 

O‘QING: LeEco S1 Pro - bu xitoycha iPhone 14 Pro'mi? 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!