Sadir Japarovning Facebook-sahifasini buzishdi

  •   DiMaX
  •  305
  •  04.03.2021 17:41

Sadir Japarovning Facebook-sahifasini buzishdi

Noma’lum shaxslar Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarovning Facebook tarmog‘idagi sahifasi himoyasini buzib kirishdi va uning nomidan bir qator fikrlarni yozib qoldirishdi. Bu haqida «RIA Novosti» xabariga tayanib Sof.uz yozmoqda.

O‘QING: Bir yilga cheksiz Telegram, YouTube, Tas-IX, qo‘ng‘iroqlar yoki ijtimoiy tarmoqlar kerakmi?

«Prezident Sadir Japarovning Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasi noma’lum shaxslar tomonidan buzib tashlandi. Hujumchilar ushbu sahifadagi izohlarni turli postlar ostida qoldirishdi. Davlat rahbari o‘zining Facebook sahifasida joylashtirilgan so‘nggi sharhlar bilan hech qanday aloqasi yo‘q», dedi davlat rahbarining matbuot kotibi Galina Bayterek.

Bayterekning so‘zlariga ko‘ra, «Sadir Japarov jamiyatda bildirilgan barcha fikrlarni, shu jumladan tanqidiy fikrlarni hurmat qiladi, shuning uchun u hech qachon bunday bayonot berishiga yo‘l qo‘ymaydi».

O‘QING: Qizlar o‘smirni pichoqlab, qotillikni Facebook va Instagram’da jonli efirga uzatib maqtanishdi