Sayyoh Xitoy jin ko‘chalaridagi bozorda o‘zi uchun iPhone 6s yig‘di (+video)

Sayyoh Xitoy jin ko‘chalaridagi bozorda o‘zi uchun iPhone 6s yig‘di (+video)

Amerikalik injener Skotti Allen umrining bir necha oyini Xitoyning Shanhay shahrida o‘tkazib, bu yerda elektronika vositalarining noqonuniy ravishda ishlab chiqarilish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Skotti Allen tomonidan taqdim qilingan videoda Xitoydagi mahalliy elektronika bozori, jumladan iPhone smartfonlari tayyorlanadigan va uning butlovchi qismlari sotiladigan jin ko‘chalardagi chinakam manzara aks etgan.

G‘oya tashabbuskori o‘zining ko‘p vaqtini smartfonlar uchun turli qismlar sotiladigan mazkur ko‘cha-bozorlarida o‘tkazib, ancha paytgacha bu “sanoat”ning ta’minotchisi kimu, xaridori kimligini anglay olmadi.

Allen bu yerdagi smartfon qismlaridan foydalanib ayfon apparatini yig‘ib ko‘rishga qaror qiladi. Natijada, muhandis to‘laqonli ishlaydigan 16 gigabaytli doimiy xotiraga ega iPhone 6s flagmanini yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Ayfon uchun Xuatsyanbey mavzesidagi mahalliy elektronika bozoridan kerakli detallarni xarid qildi. Apparat uchun kerakli qismlarni sotib olish uchun amerikalikka $300 dollar kerak bo‘ldi. Bu esa, zavoddan chiqqan iPhone 6s’ning narxidan 2 barobar arzon.

Skotti Allenning nega iPhone 7 flagmanini emas, aynan iPhone 6s’ni yig‘ishga qaror qilganining sabablari bor. Birinchidan, Allen aynan shu modeldagi ayfondan foydalanadi. U qo‘lidagi va yig‘ilgan ayfonlarni solishtirib ko‘rishga oson bo‘lishi uchun ham aynan shu modelni yig‘ishga qaror qilgan. Ikkinchidan, Apple’ning so‘nggi flagmani uchun qismlarni topish mushkul.

Quyidagi 24 daqiqalik videoda Skotti Allenning qanday qilib  o‘zi uchun iPhone 6s tayyorlaganiga guvoh bo‘ling:

 

 

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!