Sakkiz yil kutilgan parvoz: tarixda ilk bor xususiy kompaniya fazogirlarni XKSga uchirdi! (+video)

  •   DiMaX
  •  457
  •  16.11.2020 10:36

Sakkiz yil kutilgan parvoz: tarixda ilk bor xususiy kompaniya fazogirlarni XKSga uchirdi! (+video)

2012 yili AQSh Aeronavtika va fazoni tadqiq qilish Milliy boshqarmasi – NASA astronavtlarni o‘z bortiga olgan kosmik kemaning ilk tijoriy parvozi 2016 yili amalga oshishini aytgan edi. Lekin optimistik ruhdagi o‘sha hisob-kitoblar o‘zini oqlamadi va bunday tarixiy parvoz bugun – 2020 yilning 16 noyabriga to‘g‘ri keldi.

O‘QING: Kosmosga birinchi sayyohlik yo‘llanmalari sotilmoqda

Eslasangiz kerak – SpaceX kompaniyasi Marsni egallash maqsadidagi ilk prvozini yilning 31 may sanasida amalga oshirgan edi. O‘shanda Falcon 9 raketasi uchiga o‘rnatilgan Dragon kapsulasida NASAning ikki fazogiri kosmosga uchgan, bu esa ilk bor xususiy kompaniya tomonidan fazoga odam uchirish voqeasi sifatida insoniyat tarixiga kirgan.

Endi bo‘lsa Ilon Mask asos solgan mazkur kompaniya boshqa bir – Crew Dragon fazo kemasining birinchi ekspluatatsion parvozini amalga oshirdi. Toshkent vaqti bilan tonggi soat 05:27 da uch nafar NASA astronavti – Shennon Uoker (Shannon Walker), Viktor Glover (Victor Glover) va Maykl Xopkins (Michael Hopkins), shuningdek JAXA astronavti Soichi Noguchi (Soichi Noguchi) unda Xalqaro kosmik stansiya (XKS)ga yo‘l oldi.

Florida shtatidagi Kennedi kosmik markazidan boshlangan parvoz samarali ketmoqda: raketaning birinchi va ikkinchi pog‘onalari ajralib, Crew Dragon allaqchon orbitaga chiqib oldi. XKSga qo‘shilish orbita bo‘ylab 27 soatlik parvozdan so‘ng amalga oshadi. Mazkur missiya kelsi yilning iyunida yakuniga yetadi.

O‘QING: NASA sizga ham fazoga virtual parvoz qilish imkonini berdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!