Samarqandda 60 yashar kiber jinoyatchiga hukm o‘qildi (+video)

  •   DiMaX
  •  1822
  •  30.04.2019 05:40

Samarqandda 60 yashar kiber jinoyatchiga hukm o‘qildi (+video)

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudi 60 yashar Norqul Rahmatov ustidan sud jarayonini o‘tkazdi. Ushbu shaxs internet orqali 500 nafardan ortiq kishining pulini o‘zlashtirgan, deb yozadi «Xabar» nashri.

O‘QING: Telegram’da aqidaparastlik g‘oyalarini tarqatgan novvoyga hukm o‘qilib, telefoni ham musodara etildi

«Zamon» ko‘rsatuvida aytilishicha, Norqul Rahmatov «Elektron gashtak» o‘yinini ishlab chiqqan va bu orqali elektron moliyaviy piramida yaratgan. U avval chetga chiqish qonunchiligini buzgan holda xorijda texnologiya va dasturchilik bo‘yicha malakasini oshirgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand shahar sudyasi G‘ayrat Negmatovning ma’lumot berishicha, ayblanuvchi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha eng kam ish haqining 100 baravari miqdorida jarimaga tortilgan va 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Shuningdek, unga yetkazilgan zararlarni to‘liq qoplash majburiyati yuklatilgan.

Ko‘rsatuvdan olingan lavhani quyida tomosha qilishingiz mumkin:

Biz esa yana bir bor o‘quvchilarimizni ogohlikka chaqiramiz va bu kabi nayranglarga uchmasliklarini so‘raymiz.

O‘QING: Toshkent viloyatida Beeline’ni portlatmoqchi bo‘lgan tahdidchi qo‘lga olindi