Samarqandda ikki yigit TikTok’da layk yig‘ish uchun o‘zini tomdan tashladi

  •   DiMaX
  •  1139
  •  09.02.2021 14:42

Samarqandda ikki yigit TikTok’da layk yig‘ish uchun o‘zini tomdan tashladi

Keyingi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda layk to‘plashga qiziqqan yoshlar turli ahmoqona qiliqlar qilayotganiga guvoh bo‘lyapmiz. Ichki ishlar vazirligi yaqinda bunaqalarning 15 sutkagacha qamalishidan ogohlantirgan bo‘lsa-da, baribir...

O‘QING: Layk uchun ichki ishlar xodimi kiyimida raqsga tushgan yigit qamaldi

Samarqandda tiktoker yigitlar layk yig‘ish maqsadida o‘zini tomdan tashladi. Bu haqda «Bu kun» informatsion dasturida ma’lum qilindi. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, yigitlardan biri endi yura olmasligi ham mumkin.

«Men do‘stim bilan TikTok ijtimoiy tarmog‘iga qiziqib, profil ochdik. Obunachilarimizni ko‘paytirish maqsadida ikkalamiz tomga chiqdik va tomdan o‘zimizni tashladik.

Do‘stim hozir shifoxonada, shifokorlarning aytishicha, u oyoqqa turmasligi ham mumkin ekan. Endi TikTok’ka kirmaslikka harakat qilaman», – deydi tomdan o‘zini tashlagan yigitlardan biri.

O‘QING: TikTok endi eng zo‘ri emas – sizga sevimli ilova dunyo bo‘yicha birinchilikka chiqdi!