Samarqanddagi yana 20 ta istirohat bog‘ida bepul Wi-Fi hududi bo‘ladi!

  •   DiMaX
  •  618
  •  18.07.2019 09:05

Samarqanddagi yana 20 ta istirohat bog‘ida bepul Wi-Fi hududi bo‘ladi!

Kuni kecha Samarqand viloyati matbuot uyida matbuot anjumani o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi boshlig‘i N.Eshnazarov ishtirok etdi, deb yozadi O‘zA.

O‘QING: Samarqandda naq 13 ta bepul Wi-Fi hududi bor, ularni bilasizmi?

Qayd etilishicha, bugungi kunda viloyatda mobil aloqa abonentlari soni 2 million 126 mingtani, IPTV xizmati foydalanuvchilari soni 4,5 mingtani tashkil qilmoqda. Internetdan foydalanuvchilar 850 mingdan ortiq.

2018 yil davomida viloyat bo‘yicha 240 kilometr optik tolali aloqa kabellari tortilgan bo‘lsa, 2019 yilning 6 oyida bu ko‘rsatkich 335 kilometrga yetdi.

O‘tgan yil viloyatda 213 ta baza stansiyalar o‘rnatilgan bo‘lsa, joriy yilning 6 oyi davomida mobil aloqa operatorlari tomonidan 268 ta baza stansiyalari (31 ta 2G, 118 ta 3G, 119 ta 4G) joylashtirildi.

«Obod qishloq» Dasturi doirasida viloyatning 9 ta qishloqlarida 11 ta 3G va 4G qurilmalari o‘rnatildi hamda ushbu hududlar sifatli mobil aloqa xizmati bilan ta’minlandi.

O‘QING: Samarqandda innovatsion svetofor o‘rnatildi – uni piyodalar boshqaradi!

Raqamli televideniye uzatkichlari o‘rnatilishi natijasida, viloyat aholisining raqamli televideniye bilan qamrovi 100 foizga yetkazildi.

Ma’lumotlar uzatish tarmog‘i (jumladan Internet) tezligini oshirish maqsadida, joriy yilda viloyat markazi tarmoqning o‘tkazuvchanlik qobiliyati 40 Gbit/s dan 100 Gbit/s ga, shahar va tumanlar markazlarigacha 1 Gbit/s dan 10 Gbit/s ga yetkazildi.

Yil boshidan buyon Samarqand xalqaro aeroporti, temir yo‘l vokzali, Ulug‘bek avtoshoxbekati, shuningdek, o‘ndan ortiq tarixiy obida va ziyoratgohlarda bepul Wi-Fi zonalari tashkil etildi. Endi joriy yilning oxiriga qadar viloyatdagi yana yigirmata istirohat bog‘ida shunday bepul Wi-Fi hududlari ishga tushiriladi, deyiladi xabarda.

O‘QING: Samarqandda 60 yashar kiber jinoyatchiga hukm o‘qildi (+video)

Sayt yangiliklaridan doimiy xabardor bo'lish uchun Telegram kanalimizga qo'shiling!