Samarqandlik tiktoker nega 15 sutkaga qamaldi?

  •   DiMaX
  •  658
  •  11.05.2021 16:04

Samarqandlik tiktoker nega 15 sutkaga qamaldi?

Internetda TikTok foydalanuvchisi Kattaqo‘rg‘on bog‘ida joylashgan Alisher Navoiy haykali oldida noo‘rin xatti-harakatlarni amalga oshirgani tasvirlangan video tarqaldi. Samarqand viloyati IIB matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, ushbu fuqaroga nisbatan chora ko‘rilgan, deb yozadi Daryo.

O‘QING: 14 yoshli TikTok-bloger qiz nogiron opasini o‘ldirib qo‘ydi

Ma’lum qilinishicha, Alisher Navoiy haykali oldida noo‘rin xatti-harakatlar sodir etgan kattaqo‘rg‘onlik 24 yoshli yigitning shaxsi aniqlangan. Unga nisbatan nisbatan Kattaqo‘rg‘on shahar IIB tomonidan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

«Katta xato qildim. Butun O‘zbekiston yuzini yerga qaratibman. Hammangizdan chin yurakdan kechirim so‘rayman», — deydi fuqaro I.P.

Sud qarori bilan yigit hamda uning sherigiga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Avvalroq samarqandlik ikki yigit TikTok’da layk yig‘ish uchun o‘zini tomdan tashlagani haqida xabar berilgandi.

O‘QING: «Parda ortida yomon niyat bor» – TikTok’ni sudga berishdi!

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!