Samolyotdan tushib ketgan smartfon 13 oydan so‘ng «tirik» holda topildi! (+video)

  •   DiMaX
  •  1124
  •  27.09.2019 08:32

Samolyotdan tushib ketgan smartfon 13 oydan so‘ng «tirik» holda topildi! (+video)

Bir sutka muz ichida «jon saqlagan», 21-qavatdan tushib ketgach ham omon qolgan, ko‘l tubida 2 hafta yotganidan so‘ng ham ishlayvergan smartfonlar haqida xabarlar berganmiz. The Next Web nashrida e’lon qilingan shunga o‘xshash voqea Islandiyada sodir bo‘lgan.

O‘QING: Camolyotdan tushib ketgan iPhone'ga nima bo‘ldi?

2018 yilning avgustida fotograf Xaukur Snorrason (Haukur Snorrason) kichikroq samolyotda fotosayohatga chiqqan. Janubiy Islandiyadagi Skafta daryosi toshqinlarini suratga olayotganida, uning qo‘lidagi iPhone’ni shamol uchirib ketgan.

Mana, o‘sha paytda, ayni o‘sha iPhone 6s Plus kamerasida tasvirga olingan video:

Telefoni naq 60 metrlik balandlikdan tushib ketgach, Snorrason undan butkul ayrilib qoldim, deb o‘ylagan. Har ehtimolga qarshi, mahalliy fermerlardan uni izlab ko‘rishni iltimos qilgan, lekin qidiruvlar natija bermagan.

O‘QING: Siz yo‘qligingizda smartfoningizni kim olganini ko‘rsatuvchi ilova bor!

Oradan naq 13 oy o‘tib – 2019 yilning 14 sentyabrida, o‘sha smartfonni sayyohlar topib olishgan. Ayfonni mahalliy yer egalariga olib borishgan, ular esa kompyuterga ulab, o‘sha bir yil avval telefonini yo‘qotgan suratkashniki ekanini anglashgan va Snorrasonga qo‘ng‘iroq qilishgan.

Buni qarangki, ayfon o‘shanda qalin o‘tlar ustiga tushgan va shu boisdan sinmagan ekan. Lekin bir yildan oshiq vaqt suronli ob-havo sharoitlarida qolib ketgan smartfon haliyam ishlayotgan ekan. Faqat uning mikrofoni ishdan chiqibdi, xolos!

Eslatib o‘tamiz, eski model bo‘lgani uchun iPhone 6s Plus hozirda sotuvda topilishi qiyin, lekin undan yangi rusumlardagi Apple smartfonlarini Terashop.uz internet-do‘konimizdan sotib olish mumkin.

O‘QING: Smartfon suvga tushib ketdi. Endi nima qilamiz?