Samolyotlarga MacBook Pro olib chiqish taqiqlandi

Samolyotlarga MacBook Pro olib chiqish taqiqlandi

AQShning Federal aviatsiya boshqarmasi (FAA) samolyotlarga Apple’ning ayrim noutbuklarini olib chiqishni taqiqladi. “Ta’qiq ham bagajda, ham qo‘lda olib o‘tishga tegishli”, deb aytiladi xabarda. Ushbu qaror, ishlab chiqaruvchining MacBook Pro’ga o‘rnatilgan akkumulyatorning yonib ketish ehtimoli tufayli noutbuklarni qaytarib olishni boshlagani bilan bog‘liq.

 “FAA Apple Macbook Pro noutbuklaridagi akkumulyatorlar xavfli ekanligi haqida xabardor”, - deb aytib o‘tgan FAA hodimi. U shuningdek boshqarma “aviakompaniyani qaytarib olish jarayoni haqida ogohlantirganini” qo‘shimcha qilgan.

Iyun oyida Apple kompaniyasi akkumulyatori qizib, yonib ketishi ehtimoli tufayli bir qancha 15 dyumli Macbook Pro noutbuklarini qaytarib olishini e’lon qilgandi. Ushbu ro‘yxatdan 2015 yilning sentyabridan, 2017 yilning favraliga qadar sotilgan noutbuklar joy olgandi.

O‘QING: Blogerlar o‘z postlariga qoldirilayotgan izohlar uchun ham javob beradi!

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!