Samsung 11 avgust sanasida taqdim etishni rejalashtirayotgan gadjetlar ma’lum bo‘ldi

Samsung 11 avgust sanasida taqdim etishni rejalashtirayotgan gadjetlar ma’lum bo‘ldi

Samsung 11 avgust kuni ikkita yangi buklamafon, yangi smart soatlar va yangi simsiz quloqchinlarning namoyishini o‘tkazishi kutilmoqda.

O‘QING: 200 dollarlik Samsung Galaxy F22 birinchi anboksing videoda!

Ammo Galaxy Unpacked August 2021 marosimidan avval barcha qurilmalar haqidagi ma’lumotlar oshkor bo‘ldi. Sizdirilgan ma’lumotlar taqdim etilishi kutilyotgan smartfon, smart watch va quloqchinlarning ranglarini ham o‘z ichiga oladi.

Taniqli likster Evan Blass Galaxy Z Flip 3, Galaxy Z Fold 3, Galaxy S21 FE, Galaxy Watch 4, Galaxy Watch 4 Classic hamda Galaxy Buds 2'ning 360 darajali videolarini taqdim etdi.

Galaxy Z Flip 3 Black Gold/Beige, Olive Green hamda Purple ranglarda sotila boshlasa,
Galaxy Z Fold 3 black, Olive Green va White ranglarda sotuvga chiqadi.

Galaxy S21 FE bo‘lsa Black, Olive Green, Purple hamda White ranglarda sotiladi.

Galaxy Watch 4 Black, Green, Pink, Silver va White ranglarda bo‘lsa, Galaxy Watch 4 Classic Black, Silver va White ranglarda bo‘ladi. Galaxy Buds 2 esa Green, Purple, White ranglarda bo‘ladi.

O‘QING: Galaxy S22 Ultra borasida Samsung muxlislarining orzusi armonga aylandi

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!