Eksklyuziv: Samsung 170 dollarlik Galaxy J7 Nxt'ni sotuvga chiqardi

Eksklyuziv: Samsung 170 dollarlik Galaxy J7 Nxt'ni sotuvga chiqardi

Galaxy J7 Max hamda Galaxy On Max smartfonlaridan so‘ng Samsung kompaniyasi Galaxy J7 Nxt modelini sotuvga chiqardi. Ayni paytda ushbu mobil aloqa vositasining xalqaro bozordagi bahosi 178 AQSh dollarga narxlangan. Gadjet xalqaro smartfon bozorida xitoylik smartfon brendlariga qarshi kurashadi.

Galaxy J7 Nxt modeli jihatlariga ko‘ra yomon emas -- 5.5 dyuymli va HD sig‘imli Super AMOLED displey, 8 yadroli va 1.6 Ggs chastota tezligida ishlaydigan Yexynos protsessori, 2 gigabayt sig‘imli tezkor xotira hamda 16 gigabaytli doimiy xotira. Doimiy xotirani 256 GB.gacha kengaytirish mumkin.

Galaxy J7 Nxt kamera sensorlari uchun 13 megapikselli (F/1.9) datchik bosh hamda 5 megapikselli (F/2.2) datchik old kamera uchun tanlangan. Har ikkala kameralar foto-chaqnoqlarga ega bo‘lgan. Shuningdek, old kamerada 120 daraja burchak ostida surat olish mumkin.

2 ta sim-kartali Galaxy J7 Nxt Android 7.0 Nougat operatsion tizimida faoliyat ko‘rsatadi. U aloqaning 4G VoLTE, Wi-Fi 802.11 b/g/n, Bluetooth 4.1, GPS, FM Radio standartlarida ishlaydi.

Galaxy J7 NXT qo‘shimcha sensorlarga ham ega bo‘lgan. Uning akkumulyator sig‘imi 3000 mA soat. Bu quvvat devaysning bir kunlik faoliyatini ta’minlaydi.

O‘lchamlari: 152.4 x 78.6 x 7.6 mm.

Terabayt.uz сайтининг видеолари: Youtube'даги каналимизда!