Samsung 2019-yilda nechta 5G smartfon sotgani ma’lum bo‘ldi

Samsung 2019-yilda nechta 5G smartfon sotgani ma’lum bo‘ldi

2019-yilda Janubiy Koreyaning Samsung kompaniyasi 5G smartfonlar bozorida yetakchilik qildi.

Counterpoint tadqiqot kompaniyasi bergan ma’lumotlarga ko‘ra, ortda qolgan yilda 6.7 million dona 5G smartfon sotgan kompaniya joriy bozorning butun dunyo bo‘ylab 54% ulushiga egalik qildi. Bu haqida GSMArena.com sayti xabar bermoqda.

Texnogigantning ilk 5G smartfoni — Galaxy S10 5G 2019 yil boshida taqdim qilingandi. Shundan so‘ng Galaxy Note10 5G va Note10+ 5G'lar kuzda sotuvga chiqdi. Kompaniya tomonidan chiqarilgan yilning eng so‘nggi 5G smartfonlari esa Galaxy A90 5G va Galaxy Fold 5G bo‘ldi.Samsung, shuningdek, dunyodagi ilk 5G'li planshet — Galaxy Tab S6 5G'ni 2020-yil birinchi choragida chiqarishi rejalangan.

O‘QING: Speedtest sinovi: Samsung, Apple va Huawei – qay birida internet eng tezkor?

Сайтимизнинг энг чиройли расмларини Инстаграмдаги саҳифамизда томоша қилинг!