Samsung 2022-yil uchun telefon ishlab chiqarishni sezilarli darajada kamaytirmoqda

Samsung 2022-yil uchun telefon ishlab chiqarishni sezilarli darajada kamaytirmoqda

Samsung dunyodagi eng katta smartfon ishlab chiqaruvchisi bo'lsa-da, global iqtisodiyotning yomonlashuvi unga ham birdek ta'sir qilmoqda. Koreyaning Maeil Economic Daily nashrining xabar berishicha, Samsung 2022-yilda rejalashtirganidan 30 million kam smartfon ishlab chiqaradi.

Ma'lum bo'lishicha, qisqartirish kompaniyaning barcha smartfonlar qatoriga, eng byudjet telefonlardan flagmanlargacha ta'sir qiladi. Dastlab, Samsung joriy yilda 310 million dona smartfon ishlab chiqarishni rejalashtirayotgan edi, endilikda bu ko'rsatkich 280 milliongacha kamaytirilgan.

O'z smartfonlari ishlab chiqarilishini kamaytirayotgan kompaniya faqatgina Samsung emas. Janubiy Koreya kompaniyasining asosiy raqibi Apple ham bu yil o'zining iPhone SE qatoridagi smartfonlarini 20 foizga kam, shuningdek, flagma telefonlarini esa o'tgan yilgidek o'zgarmas miqdorda, 220 millionta ishlab chiqarilishi oldin xabar qiligan edi.

Kompaniyalarning ushbu qadamni qo'yishlariga sabab deyarli bir xil: bozorlardagi inflatsiyaning ko'tarilishi, davom etayotgan chip tanqisligi va Rossiya-Ukraina o'rtasidagi voqealar.

O'QING: Samsung yangi o‘lchamlar bilan Z Fold4'ning tashqi ekranidan foydalanishni osonlashtirmoqchi