Samsung 3-chorakda rekord darajada foyda ko‘rdi

Samsung 3-chorakda rekord darajada foyda ko‘rdi

Samsung kompaniyasi 2021-yilning 3-choragida rekord darajada foyda ko‘rdi. Kompaniyaning ushbu chorakdagi daromadi 63 milliard dollarni tashkil qildi. Shuningdek, kompaniyaning opersion foydasi ham 13,4 milliard dollarga yetdi. Bu oxirgi uch yildagi eng yuqori, Samsung tarixidagi ikkinchi eng yuqori ko‘rsatkichdir. 

O‘QING: Canalys: Smartfon yetkazib berish bo‘yicha 3-chorakda Samsung yetakchi bo‘ldi 

Daromad yiliga 10% ga, foyda esa 2020-yilning 3-choragiga nisbatan 26% ga oshdi. Kutilganidek, Samsung'ning yarimo‘tkazgichlar biznesi ma’lumotlar markazlari va bulutli serverlarga talabning ortishi bilan daromad keltirdi. 

Yarimo‘tkazgichlarning umumiy savdo hajmi 22,5 milliard dollarni tashkil etdi, bu o‘tgan yilgi natijaga nisbatan 16% ga ko‘proqdir. 

Xotira qismlari hamda displey biznesidan ham kompaniya katta foyda ko‘rdi. Buklamafon, byudjed hamda o‘rta toifaga kiruvchi smartfonlar, planshet va taqiladigan qurilmalarga talab oshdi, ammo sotuvlar 8 foizga kamayib, 23,33 milliard dollarni tashkil etdi. 

Oldinga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bayramlar mavsumida Samsung smartfonlari va televizorlariga bo‘lgan talab oshishi kutilmoqda.  Shuningdek, kompaniyaning 5G tarmog‘ini qo‘llab-quvvatlovchi qurilmaning savdosi ham o‘sishi aytilmoqda. 

O‘QING: Galaxy A53 haqidagi ilk ma’lumotlar paydo bo‘ldi